Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Ijtimoiy tarmoqlarga behayo suratlarini joylashtirayotgan o‘zbekistonlik ayol xonandalarning litsenziyalari bekor qilinadi


O‘zbeknavo” estrada birlashmasi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga noma’qul surat va videolarini joylashtirayotgan san’atkorlarga nisbatan choralar ko‘rmoqda. Bu haqda, “Jamiyat” gazetasi axborotiga asoslanib, “Darakchi.uz” xabar berdi.
“O‘zbeknavo”da boshqarma boshlig‘i Odilbek Abduqahhorning aytishicha, birlashma “har oy san’atkorlar bilan ma’naviyat soatlari o‘tkazib, ularni tartibga chiqarib turadi”.
 
“Har kuni ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boramiz. Noma’qul surat va videolarni oldirib tashlaymiz. Ammo shunda ham quyushqondan chiqadiganlarning litsenziyasini bekor qilishga majbur bo‘lamiz”, — dedi “O‘zbeknavo” vakili.
 
Ba’zilar ijtimoiy tarmoqqa qanday surat yoki video joylash san’atkorning shaxsiy ishi deb hisoblaydi. Lekin, Odilbek Abduqahhorovning qayd etishicha, “bu — noto‘g‘ri qarash”.
 
“Jamiyat” gazetasining yozishicha, “ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga behayo suratlarini joylayotgan xonandalar millat ma’naviyatga tahdid solmoqda”.
 
San’atkorlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilayotgan suratlar va videolarning behayo yo noma’qulligi qanday belgilanishiga aniqlik kiritilmagan.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5173 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbeknavo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное