Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Soundtrack
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. TisMarHan-soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Jumong-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ikki davlat o‘rtasida 2019 yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi


Ko‘ksaroydagi muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida Hukumatlararo bitim, 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan transport sohasida hamkorlik to‘g‘risida hamda 2019-2021 yillarda mo‘ljallangan ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida Hukumatlararo dasturlar, O‘zbekiston va Turkmanistonda savdo uylarini tashkil etish, ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar, O‘zbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vairliklari o‘rtasida 2019 yilga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Ikki tomonlama hamkorlikni qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sport, yoshlar, xotin-qizlar masalalari sohalarida yanada mustahkamlashga doir qator hujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan Turkmaniston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida o‘simliklar karantini sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan Turkmaniston kasaba uyushmalari Milliy markazi o‘rtasida va ikki davlat Xotin-qizlar qo‘mitalari o‘rtasida Anglashuv memorandumlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan Turkmaniston Yoshlar tashkiloti o‘rtasida Anglashuv memorandumi shular jumlasidandir.

Shuningdek, tashrif doirasida oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida va axborot-kommunikatsiya sohalarida 15 hujat imzolangan.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar, odatdagidek, ochiq va samimiy, ishchanlik ruhida o‘tganini, erishilgan kelishuvlardan xursandligini ta’kidladilar. 2017 yil O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil bo‘ldi. Hozirgi kunda hamma kelishuvlarimiz to‘la amalga oshirilyapti. Bugungi uchrashuvimiz ham juda samarali bo‘ldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni chuqur, har tomonlama muhokama qildik. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, bu borada hal etilmagan masalalar qolmadi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishdik. Shu asosda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab oldik. Biz nimaiki qilayotgan bo‘lsak, xalqlarimiz uchun, bolalarimizning kelajagi uchun, dedi Shavkat Mirziyoev.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2477 | Рейтинг: 0| Рейтинг: imzolandi, Ikki davlat o‘rtasida, hamkorlik dasturi, 2019 yil, mo‘ljallangan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное