Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ikki yarim oyda 644 million AQSh dollari sotib olindi


Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Xalqaro press-klub sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi. Unda bugungi kunda so‘mning ayirboshlash kursi valyuta birjasining kunlik banklararo savdolarida shakllanayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, joriy yil sentabr oyidan buyon jismoniy shaxslardan 644 million, yuridik shaxslardan 915 million AQSh dollari sotib olinganligi aytib o‘tilgan.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining xabariga ko‘ra, o‘tgan vaqt davomida aholining milliy valyutadagi muddatli bank depozitlari qoldig‘i 9 foizga o‘sgan.

Markaziy bank mutaxassislariga ko‘ra, mamlakat miqyosida banklarga sotilayotgan valyuta qimmatliklarining 29 foizi Toshkent shahrida amalga oshirilgan.

Bu jarayon Farg‘ona viloyatida 11 foizni, Samarqand va Andijonda 9 foizni tashkil etadi. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotilayotgan xorijiy valyutaning 98 foizi AQSh dollariga to‘g‘ri kelgan.

Siyovush To‘raxo‘jaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2122 | Рейтинг: 0| Рейтинг: dollar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное