Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Ikkinchimas, birinchi va yagona bo‘ling!

Orzularni boy bermang!

Qiz bola borki, kichikligidan kelin bo‘lish orzusida yashaydi. Bu maqomning qanchalik qadrli ekanligi bolaligimizdan uqtirilsa kerak-da! Avvaliga qo‘g‘irchoqlarimiz kelinsalom qiladi, keyin o‘zimiz “kelin-kelin” o‘yinlarini o‘ynaymiz. To‘yu tomoshaga borganimizda yal-yal yonayotgan kelinchakka havas bilan qaraymiz. Hali oila nima, baxt nima, tushunmaymiz-u, ichki bir tuyg‘u bilan har bir ayol hayotidagi eng baxtli kun –  oppoq kelinlik libosini kiygan onlar ekanligini anglaymiz. Jon qizlarjon, kelinlik libosidek oppoq orzularingizga dog‘ tushirmang!
Yor-yor sadolari sizga ham nasib etsin!
Nega qiz bola ota uyini tark etayotganida «Yor-yor» aytishadi. Ezgu niyatlar jo bo‘lgan kuy sadolari faqat xonadonda to‘y bo‘layotganidan dalolatmi? Yo‘q! Sizga baxt tilashayapti, yillar davomida asrab-avaylab ulg‘aytirgan jigarporasini yorug‘ yuz bilan katta hayotga yaxshi tilaklar bilan kuzatishayapti. «Sevaman! Seni kech uchratdim, xotinimda ko‘nglim yo‘q», deya yuragingiz laqqa tushadigan, aqlingiz esa aqli bo‘lganda ishonmaydigan yolg‘onlarga uchib, momomeros «Yor-yor»dan o‘zingizni mosuvo qilmang!
Muhabbat deb yo‘ldan adashmang! 
Sevdingiz, sevildingiz. Biroq ko‘ngil qo‘yganingiz taqdirning o‘yinimi, ota-onasining talabimi (uning o‘ziga qo‘yib bersangiz, millionta bahonasi tayyor), sizga emas, o‘zgasiga uylandi. Lekin xayolingizdan ketmayotganidek hayotingizni ham tark etmayapti. Qismatning bu bitigi muhabbatni yakson qilmasligi uchun «jasorat» ko‘rsatmoqchi «oshig‘ingiz». Ko‘ngilga qarshi bormoq qiyin, tushunamiz. Bir taningizga o‘ylang. Avvalo chindan sevgan inson sizni baxtli qilmoq uchun har qanday to‘siqni yenga olardi, ko‘z ochib ko‘rgani siz bo‘lardingiz. Ko‘zingizni oching, «Yaxshi ko‘raman, boshqa yo‘limiz yo‘q», deb, hissiyotlarga qurbon bo‘lmang!
Gap-so‘zlarga qolmang!
«Odamlar bir kun gapiradi, ikki kun gapiradi, keyin…», deb kalta o‘ylamang! Nima bo‘lgan taqdirda ham, hech kim sizni bir sayoq erkakning tuzog‘iga tushgan bechora musicha debmas, bir oila xo‘jayinining boshini aylantirib olgan yengiltak deb ataydi. To‘xtang, hoziroq bu yo‘ldan qayting, toki peshanangizga qora tamg‘a bosilmasin. 
Xudbinlik qilmang!
Bir erkakning ko‘ngliga yo‘l topib erishgan «baxt»ingiz aslida bir ayolning baxtiga chang solishmasmi? Birinchi xotin erining zug‘umidan qo‘rqib, sochingizni yulmasa-da, janjal qilib sharmandangizni chiqarmasa-da, umr bo‘yi sizni qarg‘ab o‘tishi aniq. «Kundoshlik oshni it ichmas», deydilar, birovnnig oshiga qo‘l uzatib, ko‘z yoshlar uvoliga qolmang.
Ota-onangiz yuziga oyoq bosmang!
Volidangiz sizni ikki olam o‘rtasida turib, dunyoga keltirdi. Padaringiz «Orim shu, borim shu qizim», deya yer ko‘kka ishonmay ulg‘aytirdi. O‘tkinchi havas, bir beburdning va’dalari, muhabbat deb o‘ylagan yolg‘on ota-onangizning boshini el ichida yegishingizga nahot arzisa? Qo‘ying, bu savdoni, toki otangiz sizdan yuz o‘girmasin, onangiz tilini tishlab yashamasin, aka-opa, uka-singillaringiz sizdan or qilishmasin.
Baxt deganlari butun bo‘ladi. Yarim baxt — baxt emas. Yoxud kimningdir baxtini tortib olib, o‘zniki qilish mumkinmas. O‘z baxtingiz — juftingizni toping!


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3065 | Рейтинг: 0| Рейтинг: birinchi va yagona bo‘ling, Ikkinchimas
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное