Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

iPhone foydalanuvchilariga yangi qulaylik yaratildi


iPhone foydalanuvchilariga yangi qulaylik yaratildi

Apple 6 dekabr kuni Apple Music ilovasiga o‘rnatiladigan Apple Music Sing karaoke tajribasini e’lon qildi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi

Qayd etilishicha, Apple Music Sing yordamida endilikda real vaqtda qo‘shiq so‘zlarini kuzatish va qo‘shiq aytayotganda ovozni yaxshiroq eshitish uchun vokal balandligini sozlash mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, yangi ilovada ko‘pchilik bo‘lib qo‘shiq aytishni osonlashtiradigan bir nechta xususiyatlar ham mavjud. Masalan, fon vokallari asosiy vokaldan mustaqil ravishda paydo bo‘lishi yoki duet ko‘rinishida qo‘shiq kuylasa ham bo‘ladi. Hozirda foydalanuvchilar karaoke uchun tanlashi mumkin bo‘lgan 50 dan ortiq “pleylist” yaratilgan.

“Apple Music’ning qo‘shiq matni tajribasi doimiy ravishda bizning xizmatimizdagi eng mashhur xususiyatlardan biri hisoblanadi. Biz butun dunyodagi foydalanuvchilarimiz o‘zlarining sevimli qo‘shiqlarini kuzatib borishni yaxshi ko‘rishlarini allaqachon bilamiz. Shuning uchun biz qo‘shiq kuylash orqali bu taklifni yanada rivojlantirmoqchi edik. Bu juda qiziqarli. Bizning mijozlarimiz buni yaxshi ko‘rishadi”, deydi Apple’ning Music va Beats bo‘yicha vitse-prezidenti Oliver Shusser.

Ma’lumot uchun, Apple Music Sing “Apple Music” obunachilari uchun dekabr oyi oxirida ishga tushiriladi. U barcha iPhone va iPad’larda ishlaydi. Lekin Apple TV bundan mustasno. Joriy yilda ishlab chiqarilgan Apple TV 4K rusumli televizordagina bu ilovadan foydalanish mumkin bo‘ladi.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 620 | Рейтинг: 0| Рейтинг: foydalanuvchilariga, iphone, qulaylik, yangi, yaratildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное