Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Irim-sirimlarga ishonasizmi?


Ma’lum qarorni qabul qilishimizda turli xil omillar ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Atrofdagilarning fikri, vaziyat, sharoit va yana turli xil irim-sirimlar... Munajjimlar bashoratiga ishonib, belgilangan ishni to‘xtatib qo‘yamiz... Yerga tushib ketib sinadigan ko‘zmunchoqdan panoh izlaymiz... Bu hatti-harakatlarning zamirida nimalar yotibdi? Bilishni istaysizmi? Sizga havola etilayotgan testni ishlab ko‘rib, aniqlash imkoningiz mavjud. Savollarga javob berar ekansiz, qalam bilan tanlagan harflaringizni yozib borishni unutmang!

1. Quyidagi ertak qahramonlardan qay birining fe’l-atvori siznikiga o‘xshash deb hisoblaysiz?

A) Malika Budur

B) Zumrad

V) Qor malikasi

2. Aniq dalil-isboti bo‘lmagan gap-so‘zlarga ishonasizmi?

A) Odamlar o‘z-o‘zidan biror gap gapirmaydi! Nimanidir biladiki, so‘zlaydi!

B) Suhbatdoshning kimligi va vaziyatning qandayligiga qarab, xulosa chiqaraman!

V) Yo‘q, faqatgina ko‘z bilan ko‘rib, qo‘lim bilan ushlamagunimgacha ishonmayman.

3. Aytaylik, muhim uchrashuvga shoshib ketyapsiz. Yo‘lingizdan mushuk o‘tib ketdi, shunda siz...

A) Kayfiyatim buziladi, endi kun bo‘yi barcha ishlarim chappasiga ketadigan bo‘ldi.

B) Har ehtimolga qarshi yetti qadam orqaga yurib (xuddi biror narsasini yo‘qotgan kishiga o‘xshab), yana yo‘limda davom etaman.

V) E’tibor ham bermayman!

4. O‘zingizni omadli inson deb o‘ylaysizmi?

A) «Omadliman» deb aytolmayman, ammo omadni cho‘chitib yubormaslik uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman!

B) Hayot bir tekisda ketmaydi. Goh omad kulib boqsa, goh beshafqatlik qiladi.

V) Omad mavhum tushuncha. Barchasi sa’y harakatlaringizga bog‘liq!

5. Sizning omad kalitingiz nimada?

A) Ma’lum bir rangdagi libosni kiysam, ishlarim yaxshi kechishiga e’tibor berganman. Muhim sanalarda aynan o‘sha rangdagi ko‘ylakni kiyaman.

B) Ko‘pchilik kabi yetti raqami omad keltirishiga ishonaman.

V) Bilimim va tirishqoqligimda!

6. Qandaydir uslubdagi libos urf bo‘ldi, deylik. Uni aksariyat insonlar kiyishni ma’qul ko‘rdi. Siz ham ular kabi yo‘l tutasizmi?

A) Ko‘pchilik tanlabdimi, demak, yaxshi narsa bo‘ladi-da!

B) Uslubim va didimga mos kelsa, nega endi kiymasligim kerak?

V) Inson boshqalarga qarab yashamasligi lozim!

7. Hayotingizda yangi bir hodisa ro‘y berish arafasida. Masalan, yangi ishga kirdingiz... Ilk harakatingiz qanday bo‘ladi?

A) Ish joyim yoki uyimga «nazar» dan himoyalaydigan katta ko‘zmunchoq sotib olaman.

B) Hamkasblarga yoqish uchun, ularga taqlid qilaman.

V) O‘z salohiyatimni ishga solaman.

Javoblarni hisoblaymiz!

«A» harfi ko‘p bo‘lsa...

Sizni «ashaddiy irimchi» deb bemalol atash mumkin! Hayotingizda biror omadsizlik ro‘y bersa, aybdorni avvalo atrofdan qidira boshlaysiz. Qora mushuk, noto‘g‘ri tanlangan libos, xullas, «gunohkor»lar ro‘yxatida barcha bo‘ladi, ammo faqat siz emas! Hayot sizniki, unga ola mushukning aslo dahli yo‘q! O‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshiring! O‘z ustingizda ishlang!

«B» harfi ko‘p bo‘lsa...

Siz «na issiq, na sovuqqa ko‘nadigan»lar toifasiga kirasiz. O‘z fikringizda sobit turolmaysiz, uni himoya qilishga o‘zingizda kuch topolmaysiz. Shu sababli oqim bo‘ylab «suzib» ketaverasiz, ya’ni irimlarga bo‘ysunaverasiz. Ko‘pchilik qilgan ish har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Qaror qabul qilish ma’suliyatini o‘zingizga oling.

«V» harfi ko‘p bo‘lsa...

Siz skeptik (g‘ayritabiiy hodisalarga ishonmaydigan)lar toifasiga kirasiz. Barcha voqealarga real nazar bilan boqasiz. Irimlarni esa bolalikda eshitgan cho‘pchaklarga qiyoslaysiz. Irimchilarning ustidan kulishni bas qiling. Har kim o‘zi istagan haqiqatga ishonishga haqli.

Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4115 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Irim-sirim, ishonasizmi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное