Latofatli va go‘zal ovoz sohibasi Iroda Iraliyeva o‘zining barcha muxlislarini ko‘nglini shod ayladi. Oradagi biroz tanaffus sabab ijodini vaqtinchalik to‘xtatib turgan xonandaning tinglovchilari naqadar ko‘p ekanligi va ular o‘zlarining sevgan san’atkorlaridan anchadan buyon yangi ijod mahsullarini kutishayotganiga amin bo‘ldik.
Matni hamda musiqasi Nargizxon Latipovaga, aranjirovka esa Jasur Abduraxmonovga tegishli “Osmonim” deb nomlangan premera taronaga muxlislardan faqatgina yaxshi, ijobiy fikrlar bildirishdi. Shunindek, xonandaga ijodiy parvozlar tilandi.
Yana bir yangilik, maxoratli klipmeyker Timur Pirimkulov tomonidan suratga olingan, mazkur qo‘shiqqa ishlangan videoklipni saytimiz orqali ko‘rib o‘zingiz baxo berishingiz mumkin. Aytib o‘tish joiz, klipda xonandaning ko‘rinishidan tortib, obrazi, kiygan liboslarigacha maxoratli stilist- dizayner Lidiya tomonidan yaratilagn. Marhamat, mazkur videoklipni saytimizga tashrif buyurib o‘zingiz baho berishingiz mumkin. VIDEO KLIPNI KO'CHIRISH