Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Iroq qurolli kuchlari Al-Falluja shahriga kirdi

Iroq qurolli kuchlari IShID tomonidan 2014-yilda bosib olingan Al-Falluja shahriga kirdi. Bu haqda ”RIA Novosti” xabar bermoqda.
“30-may, dushanba kuni tongda Al-Fallujadagi operatsiya boshlandi. Harbiylar shaharga uch yo‘nalishdan kirdi”, — deya ma’lum qilgan aksilterror xizmatning rasmiy vakili.
Iroq harbiylar bir hafta avval shaharni ozod qilishga qaratilgan operatsiyaga kirishdi. O‘tgan muddat mobaynida bir necha aholi punktlari  ozod qilindi. Shuningdek, IShIDning shahardagi rahbari Hoji Hamza o‘ldirildi.
Shturmdan avval Iroq armiyasi aholini shaharni tark etishga chaqirdi. Bunga imkoni bo‘lmaganlarni jangarilar istehkomlaridan uzoqroq bo‘lish va uylariga oq bayroq ilish tavsiya etildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2758 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qurolli kuchlar, Iroq
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное