Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Ish joyingizga yordam beruvchi bir-ikkita usullar

Gap ish joyi haqida ketganda, peshonamizni tirishtirishga majbur etuvchi bir qancha omillar har doim topiladi. Masalan, gap sotib, o‘tgan-ketganni g‘iybat qilib o‘tiradiganlar, so‘nmas ana’naga aylangan, biroq ish unumiga jiddiy ziyon yetkazadigan majlislar yoki besh daqiqaga chalg‘ishga chiqib, qirq besh daqiqa yo‘qotilgan qimmatli vaqtlar. Xullas bu kabi yoqimsiz holatlarni sanayversangiz, ular xuddi yomg‘irdan so‘ng chiqadigan qo‘ziqorinlardek bo‘y ko‘rsataveradi.
ALBATTA, BULARNING BARI O‘TA ZERIKARLI
Bularga qarshi hech narsa qilmaymiz, o‘zibo‘larchilikka yo‘yamiz. Ammo qattiq yanglishamiz.Birgina odam ishxonaning butun tizimiga, u kompaniya bo‘ladimi yoki kollektiv,  ta’sir o‘tkazishi mumkin. (masalan, Donald Bervik AQSh sog‘liqni saqlash tizimiga ulkan o‘zgarishlar olib kirgandi.) Faqatgina biz sizga so‘zlamoqchi bo‘lgan oddiy va hayotiy dasturlarga amal qilsangiz kifoya.
Sababiyat
Tasavvur qilamiz, sizning vazifangiz kompaniyaning 30 ta bo‘limidagi umumiy xarajatni 10 foizga kamaytirishdan iborat. Tabiiyki, bo‘lim boshliqlari bunday holatda qattiq tortishadilar va qarshilik ko‘rsatadilar. Aynan menejerlar ishni orqaga surishadi: ular tilda tasdiqlashadi, ammo amalda kelganda qotib qolishadi. Sizga esa tezda byudjet qisqartilishini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Tejashning rahbarlaringiz xayoliga kelmagan, ular qo‘llaydigan an’anaviy usuldan chekinib, omadga eltuvchi boshqa bir yo‘llarni qidiring. (masalan,  sensorli yortish moslamalaridan foydalaning yoki ustanovit sensornoe osveщenie ili autsoring kompyuterlari xizmatidan foydalanishni yo‘lga qo‘ying). Topdingizmi? Boshqa bo‘limlarga ham o‘z omadingizdan nusxa olishga yordam bering.
Hissiyot
Hissiyotlarga vaqt ajratish kerak. Tejamkorlik ishlari ma’lum bo‘ldi, biroq qisqartirish ko‘ngillarga qo‘rquv soladi. Bo‘limlarda 10 foiz xarajat kamaytirilishini eshitgan xodimlar vahimaga tushishlari aniq. Shu bois keyingi bosqich bir qancha mayda narsalarga o‘zgartirishlar kiritish lozim.
Har hafta sarf bo‘layotgan xarajatlar ro‘yxatini tuzib turing. Ayrim ahamiyatsiz narsalardan iqtisod qiling va bu ishlarni bo‘lim boshliqlari bilan maslahatlashing.
Hamdardlik
Qarorlarni qabul qilishda ishonch katta rol o‘ynaydi. Agar kishi pillapoya bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lsa, har bir qadami ahamiyatli bo‘lishiga e’tibor qaratishi zarur. Hamkablaringizga tushuntiring, agar ular har kuni o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishsa va ozginadan bo‘lsada, ishga unumdorlik olib kirishsa, ajoyib ishlar sodir bo‘ladi.
Agar menejerlar qarorlaringizga xalaqit berishmoqchi bo‘lishsa, sura’tingizni susaytirmang. Ularga qarata: “Biz buni allaqachon uddalaganmiz!”
Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 3442 | Рейтинг: 1| Рейтинг: yordam beruvchi, usullar, ish joyi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное