Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Ishdagi zo‘riqishni osongina yo‘qotish mumkin


Ish ba’zida stress, zo‘riqishlarga to‘la bo‘ladi. Ularni ishchanlik qobiliyatiga va kayfiyatga zarar yetkazmagan holda bartaraf etish mumkin. Salbiy hissiyotlarni chetga surish va holatingizni yaxshilash uchun quyida keltirilgan ko‘rsatmalarga amal qilish tavsiya etiladi. Ularni o‘tirgan joyingizdan yiroqlashmagan holda bajarish mumkin.

• Nafas olish va chiqarish
Ishdan charchab holdan toygan vaqtingizda bir necha marta chuqur nafas olib chiqaring. Bu orqali siz bosh miyani ham, tanani ham kislorod bilan boyitgan bo‘lasiz.

• Sovuq suv ichib oling
Sovuq suv ichib olish kuzatilayotgan salbiy hissiyotlarni ijobiy tomonga o‘zgartirishga yordam beradi.

• Bir nechta mashqlarni bajarish
Nafas mashqlari zo‘riqishni bosishga yordam beradi. Buning uchun oyoqlarni yelka kengligida ochib, chuqur nafas olgancha, ko‘zlar yumilib, qo‘llar ikki yonga ko‘tariladi. Bosh to‘g‘ri tutiladi. Nafas chiqarilganda esa aksincha, qo‘llar pastga tushiriladi. Harakatlar uch marta bajariladi.

• Yoqimli tarovatni hidlash
O‘zingizga xush kelgan tarovatni hidlash stressni quvadi, zo‘riqishni yengillatadi. Bunday tarovatlarga greypfrut, yalpiz, limon, rayhon yoki oddiygina gul hidlari ham to‘g‘ri kelaveradi. Asosiysi, hid sizga xush kelishi kerak.

• Yerni his qiling
Stress domiga tushib, qattiq charchagan vaqtda yerni his qilish yaxshi natija beradi. O‘rningizdan turing va oyoqlaringizni his qiling. Bu holatda poyabzal va paypoqni yechib polni oyoqyalang bosishingiz ham foydali bo‘ladi.

• Biroz yuring
Toza havoga chiqib, biroz sayr qilish har qanday vaziyatda shifo bo‘ladi.

• Diqqatni qayta sozlang
Ijobiy kayfiyat ufurib turgan suratlarga boqish, ularni ma’lum vaqt davomida kuzatish hissiyotlarni muvozanatga keltiradi.
Eng foydali tavsiya – bo‘lib o‘tayotgan voqealarni yuragingizga yaqin olmang. Bundan faqat o‘zingiz azob chekasiz!



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 1821 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ishdagi zo‘riqish, osongina, yo‘qotish mumkin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное