Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Pazanda - The Sound of Love
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ayol Qalbi - True Love
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

IShID tarafdorlari o'ch olish maqsadida MRB va FQB rahbarlari telefonlari raqamlarini internetga joylashtirdi

“Kiberxalifat” xakerlik guruhi xakerlari Twitter ijtimoiy tarmog'idagi 54 mingga yaqin akkauntga buzib kirib, akkauntlar egalari haqidagi ma'lumotlar, shuningdek, Markaziy razvedka boshqarmasi, Federal qidiruvlar byurosi va AQSh Milliy xavfsizlik agentligi rahbarlarining telefon raqamlarini internetga qo'yib yuborishdi. Bu haqda 8 noyabrda The Daily Mail nashri ma'lum qildi.

Nashrning tushuntirishicha, xakerlar Suriyada o'zlarining safdoshlaridan biri Junayd Hussaynning yo'q qilinishiga shu tariqa qasos olishmoqchi bo'lishgan. Hussayn bir qator frantsuz saytlari, AQSh Markaziy qo'mondonligi sayti, Newsweek va International Business Times nashrlari saytlarini buzib kirishga aloqasi bo'lgan. U, shuningdek, Britaniya qirolichasi Еlizaveta II va qirollik oilasining qolgan a'zolariga suiqasd tayyorlashda gumon qilingan.

IShIDni qo'llab-quvvatlovchi kiberjinoyatchilar qachon va qancha vaqt davomida ma'lumotlar yig'ishgani ma'lum qilinmagan. Bu haqdagi axborot OAVlarda endigina paydo bo'ldi.

O'g'irlangan ma'lumotlarga havola 1 noyabrda “Kiberxalifat” akkauntida joylashtirilgan. Bu ma'lumotlar Twitter o'zining xavfsizlik xizmatiga kelib tushgan ko'plab murojaatlarga javoban xakerlarning mikroblogini to'sib qo'ymagunga qadar ikki soat davomida turgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, xakerlar o'z akkauntlaridan IShID g'oyalarini targ'ib qilishda foydalanmoqchi bo'lishgan. Ta'kidlanishicha, xakerlar hujumidan ko'proq saudiyalik foydalanuvchilar jabr ko'rgan.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3059 | Рейтинг: 0| Рейтинг: IShID tarafdorlari o'ch olish maqsa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное