Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

IShIDning sobiq jangarilari u haqdagi jirkanch haqiqatni so‘zlab berishdi

IShIDdan qochishga muvaffaq bo‘lgan sobiq jangarilar mutaxassislarga terrorchilik guruhining vahshiyliklari va ular nima uchun IShIDni tark etishga qaror qilishgani haqida so‘zlab berishdi.
Suriyalik bir necha erkakdan terrorchilik muammosi bo‘yicha olimlar Anna Spekxard va Axmet S. Yayla intervyu olishdi. Ular IShID safidan qochgan bu erkaklarni Suriya-Turkiya chegarasida aniqlashdi.
Bu erkaklarning IShID safidan qochishiga undagan asosiy sabab shundaki, guruh juda shafqatsiz va undagi hayot tarzi ular targ‘ibot qilayotgan “diniy jannat”dan ancha yiroqdir.
Sobiq jangarilar IShIDning strategiyasini tashkil qiluvchi uning shafqatsizligiga aniq misollar keltirib o‘tdilar. “U yerda Xut degan quduq bor. Ular asirlarning ko‘zlarini bog‘lab, ularga “Sen ozodsan, shunchaki ket, lekin ko‘zingni ochma”, deyishardi. Asirlar ko‘zlari bog‘langan holda ketishardi va quduqqa tushib ketishardi”, deb aytdi erkaklardan biri. Uning aytishicha, bu quduqqa shu yo‘sinda 300 dan ko‘proq odam tashlab yuborilgan.
Jangarilar shunday xatti-harakatlar bilan aholini qo‘rquvda ushlab turgan va boshqa terrorchilik guruhlarini qo‘rqitgan. Xususan, qochoqlardan biri IShID ikki yil avval “Ozod Suriya armiyasi”ga qarshi Raqqa shahrida xudkush-bolalardan foydalanganini aytdi.
Yana bir qochoq jangarilar ayb ish qilib qo‘yganlarga nisbatan qo‘llagan harakatlari haqida so‘zlab berdi. “Agar kimdir nimanidir noto‘g‘ri qilgan bo‘lsa, ular uni suv bilan qiynashgan. Agar ularga kimdir yoqmasa, uni o‘ldirishgan”, deb aytmoqda erkak.
Sobiq jangarilar IShIDni yolg‘onchilikda ham ayblashmoqda, ularning aytayotganlari haqiqiy vaziyatga mos kelmasligini ta’kidlamoqdalar. “2014 yilda men IShID yolg‘onchilar ekanligini angladim. Misol uchun, bir ayolni zo‘rlagan bir yigitga hech qanday jazo qo‘llanmagan”, deb aytmoqda erkaklardan biri.
Qochoqlarning aytishicha, hozirda guruh Suriyada yangi jangarilarni o‘z safiga yollashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Avval kaltafahm odamlar IShID safiga yaxshi hayot izlab borgan bo‘lsa, hozirda bosib olingan hududlardagi odamlar boshiga tushgan nochorlik va boshqa musibatlar bosimi ostida bu “xom xayollar” barbod bo‘lmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 8709 | Рейтинг: 0| Рейтинг: IShID
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное