Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev 2016-yildagi xalqaro hayotning yetakchi shaxslari ro‘yxatiga kiritildi
 

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov va amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Ispaniyaning yetakchi tahliliy markazlaridan biri — Barselona xalqaro munosabatlar markazi (CIDOB) tomonidan e’lon qilingan xalqaro hayotning 2016-yildagi yetakchi shaxslari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda “Anons.uz” xabar bermoqda.
Har yili tuziladigan mazkur ro‘yxatdan dunyoning yorqin iz qoldirgan siyosiy va jamoat arboblari, nodavlat tashkilotlar vakillari o‘rin oladi. 2016-yil reytingiga O‘zbekistonning Birinchi va amaldagi Prezidentlari kirdi.
 
Ro‘yxat tuzuvchilari “taniqli davlat va siyosat arbobi Islom Karimov yangi mustaqil davlat asoschisi bo‘lgani, O‘zbekiston sobiq Ittifoq tarqalganidan keyin tiklanishiga ulkan hissa qo‘shgani“ni qayd etdi.
 
CIDOB ekspertlari O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev mamlakatda bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovlarida saylovchilarning 88 foizdan ortiq ovozini to‘plab, ishonchli g‘alaba qozonganini e’tirof etdi.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4698 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev, Islom Karimov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное