Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - The Sound of Love
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Qirolicha - Stakan Version
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Klon-soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Islom Karimov “Yandeks”da eng ko‘p qidirilgan erkaklar ro‘yxatidan o‘rin oldi




Kecha, 8 dekabr kuni Rossiyaning “Yandeks” qidiruv tizimi yil yakunlari hisobotini omma e’tiboriga havola etdi. Ushbu hisobotda 2016 yilda internet foydalanuvchilari tomonidan eng ko‘p izlangan so‘rovlar sarhisobi keltirilgan.
 
“Yandeks” hisobotiga ko‘ra, eng ko‘p qidirilgan erkaklar ro‘yxatidan AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, aktyor Leonardo Di Kaprio va xonanda Valeriy Obodzinskiy joy olgan.
 
Eng ko‘p qidirilgan shaxslar o‘nligi ro‘yxatidan esa O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov, jurnalist Pavel Sheremet va musiqachi Devid Boui o‘rin egalladi.
 
Aytish lozimki, “Yandeks” yil mavzusi, ayollar, premera kabi mavzulardagi hisobotni ham keltirib o‘tgan.
 
Shunday qilib, 2016 yilning eng mashhur mavzulari reytingidagi birinchi o‘ringa Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasiga saylovlar, AQSh prezidenti saylovlari, uchinchi pog‘onada esa Rossiyadagi cho‘chqa grippi, doping bo‘yicha janjallar, Zika virusi bo‘yicha so‘rovlar o‘rin olgan.
 
Ayollar ichida “Yandeks” qidiruv tizimidan eng ko‘p qidirilgan insonlar sirasiga Kseniya Sobchak hamda Olga Buzovalar kiritilgan.
 
Ma’lumot uchun, Kseniya Sobchak yaqinda o‘g‘il farzandli bo‘ldi, Olga Buzova esa turmush o‘rtog‘i, futbolchi Dmitriy Tarasov bilan ajrashmoqda.
 
Ayollar reytingdagi keyingi pog‘onalardan rossiyalik manekenchi ayol Regina Zbarskaya, AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klinton va AQShning bo‘lajak birinchi xonimi Melaniya Tramp, 2016 yil vafot etgan rossiyalik aktrisa Natalya Krachkovskaya ham joy olgan.
 
Yil premerasi reytingidagi birinchi pog‘onada iPhone 7 yangi modellarining omma e’tiboriga havola etilishi qayd etilgan. Shuningdek, ayni reytingdan Samsung Galxy Note 7, 2016 yilning 12 sentyabrida birinchi reysni amalga oshirgan Rossiyaning Jukovskiy aeroporti, futboldagi yashil kartochka kabilar ham o‘rin olgan.
 
Sport sohasidagi voqealar reytingida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari mavzusi yetakchilik qildi. Undan keyingi o‘rinda futbol chempionati va Yevro-2016 xokkey bo‘yicha jahon Chempionati turibdi.
 
Eng ko‘p izlangan filmlar reytingida “Hudkushlar guruhi”, “Dedpul”, “Ekipaj”, “Hayvonlarning yashirin hayoti” kabilar mavjud. 
 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 5220 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yandeks, Islom Karimov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Haaa
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное