Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Jahongir Ahmedov: “Men” boshqa ijodkorlarni tan olmayman!”


Kinorejissyor Jahongir Ahmedov o‘zbek kinosi va kinoijodkorlarga oid tanqidiy fikr-mulohazalari bilan bo‘lishdi.

 

Jahongir Ahmedov o‘zining "Instagram"dagi sahifasida bugun kinoda faoliyati yuritayotgan ijodkorlarning aksariyati o‘zini o‘ylab ijod qilayotgani va o‘zlaridan boshqa ijodkorni tan olmayotganliklari haqida yozgan.

Darhaqiqat, bugun o‘zbek kinosida salmoqli kinolar qo‘l bilan sanarli darajada kam, shu sabab rejissyorning ushbu mulohazalarini saytimiz orqali chop etishga qaror qildik.

“Kino xaqida ko‘rsatuvlar ham, eshittirishlar ham ko‘p xozir. Yaqinda meni ham taklif qilishdi. Jurnalist savolni keskin qo‘ydi: “Muommo nimada sizningcha? Faqat olib qochmang, borini, dilingizdagini gapiring!” Yaxshi, unda eshiting, faqat siz ham aytganlarimni kesib tashlamasdan bering efirga-dedimda gap boshladim. “Muommo hammamiz o‘zimizni “DAHO” deb bilishimizda! Katta avlod ham “daho”, o‘rta avlod ham “daho”, kichik avlod esa “buyuk”! Lekin Prezident film so‘ragan paytda uzr so‘radik, “biz hali sizga ko‘rsatishga arzigulik film yarata olmadik” – deya! Ustozlar yoshlarni tan olishmaydi, yoshlar esa qandaydir alamzada, o‘zlariga keragidan ortiq baho berib yuborishgan. Nima deb o‘ylaysiz, "O‘zbekkino"da nega bosh direktor o‘zgaraveradi? Chunki biz unga ishlashga bermaymiz. Ustidan yozamiz, ostidan yozamiz, ketmagunicha qo‘ymaymiz. Boshqa sohadan bo‘lsa, bu kinoni tushunmaydi deymiz, kinochi bo‘lsa , o‘zini dunyoqarashini o‘tkazyapti, qani ijod erkinligi deymiz. Nega? Chunki hammamiz eng yaxshisi deb faqat o‘zimizni tan olamiz! “Eng yaxshi rahbar kim bo‘lishi mumkin? Albatta men! Eng yaxshi rejisyor kim? So‘zsiz men! Eng yaxshi film ham meniki! Eng yaxshi senariy? Meniki!!! Men, men, men, men!!! Shuning uchun ham “MEN” boshqa ijodkorlarni tan olmayman, to‘g‘rirog‘i tan ololmayman! Bu - meni “MEN”imga to‘g‘ri kelmaydi”.

Rejissyor kino sohasida barcha musobaqaga kirishib ketganligini, ammo bundan hech kimga naf bo‘lmayotganligini ham aytib o‘tgan:

“Bir-birimizni pisand qilmaslik bilan, burchak-burchaklarda pichirlashish bilan nimaga erishmoqchimiz? “Kim qanday filmlar qilgan, o‘zbek kinosi oldida kimning mehnati ko‘proq, kimnining filmi kassabop” qabilidagi musobaqalarga kirishishdan nima naf? Bundan kim yutadi? Kinomi? Xalqmi? Yoki bizmi? Hech kim. Zero hammasiga oliy hakam VAQT o‘z hukmini aytadi. Shunday ekan tanqidni ham, olqishu-maqtovlarni ham muxlislarga va kinoshunoslarga qoldiraylik. Zero, yaxshi film qilganimizni bod-bod takrorlayvermasak ham, muxlislar buni bilishadi va qadrlashadi. Yoki aksincha, yomonini o‘zi yomon deydi va demoqda! Yana qolar gapni kinoshunoslarimiz aytishar. Davlat, Prezident kino sohasiga katta e’tibor va imkoniyatlar berib, ishonayotgan, xalq bizdan katta filmlar kutayotgan bir paytda, biz mayda gaplar bilan ovora bo‘lib yurganimiz alamli, hatto uyatli!!!”



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6749 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jahongir Ahmedov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное