Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Janob Binning shaxsiy kolleksiyasiga tegishli ikki avtomobil auksionga qo‘yildi


Britaniyalik, Janob Bin nomi bilan mashhur bo‘lgan komik aktyor Rouen Atkinson o‘zining shaxsiy kolleksiyasiga tegishli, 1989 yilda ishlab chiqarilgan ikki avtomobilini — Mercedes-Benz 500E va LanciaThema 8.32 larni Race Retro Classic Car Sale auksioniga kim oshdi savdosiga qo‘ydi, deb xabar berdi Motor.ru nashri.

Mazkur kim oshdi savdosi fevral oyida bo‘lib o‘tadi. Auksionga qo‘yilgan avtomobillar 80 ming kilometr yo‘l bosgan. Atkinsonning so‘zlariga qaraganda, bu avtomobillar u qidirib topgan eng noyob avtomobillardir. LanciaThema 8.32 dagi “8” va “32” slindr va klapanlar sonini anglatadi.

2015 yilda Atkinson 1997 yilda xarid qilgan va ikki marotaba avtohalokatga uchragan McLaren F1 avtomobilini 8 million funt sterling (12,2 million AQSh dollari) ga sotgan edi.



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 4066 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Janob BIN
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное