Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Jasur G'oipovdan "Yoningda bo‘lay" butkul o‘zgacha ijro etilgan tarona

O‘zbek estrada olamiga kirib kelgan va tez orada omma e’tiboriga bir qancha sifatli ijod mahsullarini taqdim etib, o‘z muxlislar auditoriyasiga ega bo‘la olgan xonanda Jasur G‘oipov haqiqiy xit bo‘ladigan, sifatli ijod ishlarini taqdim etishga jiddiy kirishgan. Bunday deyishimizning albatta o‘z sababi bor, xonanda kuni kecha o‘zining butkul o‘zgacha uslubda ijro etgan taronasiga klip suratga olish ishlarini yakunladi. 
Bugun esa "O‘zbegim taronasi" radiosi orqali yangi ijod mahsuli hisoblanmish "Yoningda bo‘lay" taronasini keng omma etiboriga havola etmoqda.
Xonanda 2015 yilda umuman boshqa yo‘nalishda ishlash niyati borligini avvaldan ma’lum qilgan va o‘z va’dasiga muvofiq muxlislariga umuman boshqacha, yuqori sifatli, avval hech kim ishlatmagan musiqiy tovushlardan foydalanib yaratilgan taronalarni taqdim etish istagida ekanlini aytib o‘tgandi.
"Yoningda bo‘lay" deb nomlangan taronaning matn va musiqasi Jasur G‘oipovning o‘ziga tegishli. Qo‘shiqning mazmuniga keladigan bo‘lsak, albatta sevgi, muhabbat, yigitning sevgilisidan uzoqdaligida qalbida paydo bo‘ladigan bo‘shliq... Marhamat saytimizdan o‘rin olgan premerani tinglab o‘zingiz baho bering.
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 2758 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Jasur G'oipov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное