Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Ayol Qalbi - You can't say
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Jasur Umirovning konsertidagi tartibsizlik yohud bir kunda yozilgan 12 ta qo`shiq





14 noyabr kuni “Istiqlol” san`at saroyida xonanda Jasur Umirovning yakkaxon konserti start oldi. Konsertning ilk kuni saroy xonandaning ashaddiy muxlislari bilan to`lib toshdi.

Konsertda yangi qo`shiqlar barobarida Jasur Umirovning xitga aylangan taronalari yangradi. Aytish joizki, xonandani muxlislarning qanchalik sevishini zaldagi muhitdan anglash qiyin emasdi.

Konsertga jurnalist sifatida tashrif buyurganimiz sababli ayrim holatlar bizning e`trozlarimizga sabab bo`ldi. Aytaylik Jasur Umirovning sahnadan turib, tomoshabinlarga konsertdan bir kun oldin 12 ta tarona yozgani. Bu haqda gapirar ekan u “Bir kunda 12 ta qo`shiq yozgan san`atkorni eshitganmisizlar”, deya maqtanib qo`ydi. 

Xo`sh, bu xonandaning mas`uliyatsizligimi yoki?.. Nahotki yakkaxon konsertiga tayyorgarlik ko`rayotgan san`atkor ancha oldin e`lon qilingan konserti uchun bir kun qolganda qo`shiq yozsa?

Shuningdek, xonanda dasturi davomida muxlislar bilan muloqotga kirishga, ularning ko`nglidan yanada chuqur joy olishga urunar ekan o`zi bilmagan holda ko`plab xatolar qildi.

Birinchidan, xonanda konserti davomida har bir tarona o`rtasida tomoshabin bilan jonli muloqotga kirishga urundi, biroq uning bunga yaxshilab tayyorgarlik ko`rmaganligi sababli jumlalari bir-biriga qovushmadi. Ehtimol, bu xonandaning harakteriga xos bo`lgan holatdir, biroq sahnada ko`cha tilida so`zlashish, gaplarni uzuq –yuliq gapirish bu san`atkorning madaniyatiga mutlaqo to`g`ri kelmaydi degan fikrdamiz. 

Ikkinchidan, xonanda zaldagi tartibni saqlab turgan qo`riqchilarga muxlislarning erkinligini chegaramaslikni va saroy sahnasining bir qavati muxlislar uchun mo`ljallaganini ma`lum qildi. Bundan foydalangan tomoshabinlarning bir to`dasi sahnani butunlay egallab olishdi. Bu holatda xonanda 4-5 ta taronasini kuyladi. Ahiyri qo`riqchilar odamlarni sahnadan tushirishga kirishishdi, sababi zaldagi tomoshabinga sahna umuman ko`rinmay qolgandi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4642 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jasur Umirov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
durdona пишет: | 17.11.2016 | 12:09 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Jasur Umirovga gap yooo vawe klassss
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное