Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Jasurbek Ibrohimov ishi: Jasur gap otgan qiz haqida ma’lumotlar aniq bo‘ldi...


Jasur Ibrohimov ishi yuzasidan tergov ishlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilib, 14 sentabr kuni Toshkent shahar IIBBda o‘tgan brifingda ushbu ish yuzasidan jinoiy ishlar bo‘yicha Toshkent shahar sudiga oshirilgani haqida xabar bergan edik.

Jinoyat ishi bo‘yicha 26 sentabr kuni Toshkent shahar Mirobod tuman sudida dastlabki sud majlisi bo‘lib o‘tgan edi.

Kecha, 9 oktabr kuni Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudida Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sud majlisida Sud-tibbiy ekspertiza Bosh byurosi xodimi Farhod Lochinov, sudlanuvchi Islom To‘laganovning otasi A.Rasulov, T.To‘xtaev va D.Abdullaevlar guvoh sifatida eshitildi.

Jasur Ibrohimov va Islombek To‘laganov o‘rtasidagi urush Jasur Ibrohimov va Dilshod Abdullaev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan aytishuvlardan oqibatida yuz bergan edi.

Dilshod Abdullaevning singlisiga Jasur Ibrohimov gap otgani, unga qisqa xabarlar yozib bezovta qilayotgani haqida aytib o‘tilgan edi. Islom To‘laganov Dilshod Abdullaevga Jasur Ibrohimovning “kasal” ekanini aytgan. “Kasal” ekanini aytilgani Jasurga yoqmagan va u Islom bilan orani ochiq qilmoqchi bo‘lgan.

Dilshod Abdullaev singlisi deb aytilgan qiz haqida hech qanday ma’lumotlar aytilmagan edi. Ushbu sud majlisida gap otilgan qiz kim ekani aniq bo‘ldi. Bu Dilshod Abdullaevning yoshlikdan birga o‘sgan tanishi Gabriela ismli qiz edi.

Dilshod Abdullaev Gabrielaga Jasur Ibrohimov gap otganini o‘zi ko‘rmagan, biroq bu haqda kim xabar berganini aytmadi.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6820 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jasurbek Ibrohimov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное