Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

JCh-2018 saralash. Xitoy futbol terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi tarkibini e’lon qildi


Xitoy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi JCh–2018 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Qatarga qarshi uchrashuvlar uchun 23 futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.

Italiyalik mutaxassis bo‘lajak o‘yinlarga atigi bir legionerni taklif qildi. Eng ko‘p – 7 nafar futbolchi “Guanchjou Evergrand” klubidan chaqirildi.

Quyida tarkib bilan tanishish mumkin:

Darvozabonlar: Zeng Cheng (“Guanchjou Evergrand”), Vang Dalei (“Shandong Luneng”), Yan Junling (“Shanxay SIPG”);

Himoyachilar: Feng Syaoting (“Guanchjou Evergrand”), Jang Linpeng (“Guanchjou Evergrand”), Ren Xang (“Xebey”), Jiang Jipeng (“Guanchjou R&F”), Deng Xanven (“Beyjing Renxe”), Gao Juni (“Xebey”), Vang Shenchao (“Shanxay SIPG”), Li Lei (“Beyjing Goan”);

Yarim himoyachilar: Jeng Zi (“Guanchjou Evergrand”), Jao Syuri (“Tyanszin Syuanszyan”), Xao Junmin (“Shandon Luneng”), Yu Xanchao (“Guanchjou Evergrand”), Jang Size (“Beyjing Goan”), Vang Yongper (“Tyanszin Syuanszyan”), Yin Xongbo (“Xebey”), Xe Chao (“Chanchun Yatai”);

Hujumchilar: Gao Lin “Guanchjou Evergrand”, Jang Yuning (“Verder”, Germaniya), Vu Lei (“Shanxay SIPG”), Siao Ji (“Guanchjou R&F”).

Avvalroq Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi Shin Te Yong ham Eron va O‘zbekistonga qarshi tarkibni ma’lum qilgandi.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ham bo‘lajak o‘yinlarga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxatiga aniqlik kiritib olgan.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi bahs olib borsa, 5 sentabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasini qabul qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi 8-turidan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Janubiy Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2625 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Futbol, JCh-2018, saralash
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное