Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Jason Statham "Forsaj"ning navbatdagi qismida ham rol ijro etishini ma’lum qildi

Jeyson Steytem ijrosidagi Dekkard Shou obrazi "Forsaj"ning sakkizinchi qismida ham bo‘ladi. Bu haqda aktyorning o‘zi Access Hollywood teledasturi muxbiri bilan suhbat vaqtida ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, filmning ijodiy guruhi navbatdagi qismda qanday voqealar kechishi haqida muhokama o‘tkazib ulgurgan va bu syujetlarda Jeyson Steytem yaratadigan obrazga o‘rin mavjud. Film haqidagi batafsil ma’lumotlar 2017 yilda e’lon qilinishi rejalashtirilgan.
"Men bu loyihada yangi odamman. Meni "Forsaj" filmining yettinchi qismini suratga olish ishlari yakunlangani munosabati bilan tashkil etilgan oqshomga taklif qilishdi va o‘shanda keyingi filmda ham ishtirok etishim haqida bildim", deydi Steytem.
U filmning muxlislariga minnatdorchilik bildirgan va keyingi qismda yanada qiziqarliroq sahnalar bo‘lishini aytib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Steytem "Forsaj"ning oltinchi va yettinchi qismlarida ishtirok etgan. Bu filmda asosiy rollarni undan tashqari Vin Dizel, Kurt Rassel, Pol Uoker va Mishel Rodriges kabi aktyorlar ijro etishgan.
Bu loyiha Universal kinokompaniyasi uchun eng foydali loyiha hisoblanadi va shu vaqtgacha 7 qismdan 2,3 mlrd dollar daromad keltirgan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6253 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Forsaj, Jeyson Steytem
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
grandboss Zor kinode wuu davom etvursin
Like | 0
DON13 Rahmat admin

Atsus
Like | 0
DON13 salom admin iltimos agar qiyin bolmasa savolimga javob bersayiz Forsaj da oyngan aktiyor Pol Uoker halok boganmi yo wuncaki miw-miwmi bu
админhalok bo'lgan! bu haqida saytimizda ham yoritganmiz!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное