Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Joriy yilda test imtihonlarining o‘tkazilish tartibiga aniqlik kiritildi


Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish uchun o‘tkaziladigan test sinovlarining bu yilgi tartibi qanday bo‘lishi barchani qiziqtirmoqda.

Bu to‘g‘rida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘liq axborot berdi. Quyida ushbu axborot bilan tanishing.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi o‘z faoliyati doirasida barcha turdagi va shakldagi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikdan manfaatdordir. Davlat test markazi faoliyati hamda vakolati doirasida amalga oshirayotgan, xususan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uchun o‘tkazib kelinayotgan tadbirlar yuzasidan OAVni haqqoniy ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlab kelmoqda. Biroq keyingi vaqtlarda ba’zi saytlar orqali hatto Davlat test markazida mavjud bo‘lmagan, kun tartibiga qo‘yilmagan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar uzatilmoqda. Bundan na sayt, na keng jamoatchilik yutadi. Aksincha, jamiyatimizda yuz berayotgan ulkan bunyodkorlik, muhim va dolzarb o‘zgarishlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq tezkorlik, xolisonalik asosida uzatish tamoyillari buzilmoqda.

Ba’zi saytlar orqali ana shunday mavjud bo‘lmagan yoki noaniq ma’lumotlarning uzatilayotganini hisobga olib, jamoatchilik hukmiga test sinovi bo‘yicha aniq fakt va dalillarni havola etamiz.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrda “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Mazkur Qaror natijasida jamoatchilik, abiturientlar va ularning ota-onalari diqqatiga test sinoviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha quyidagi yangilik hamda o‘zgarishlar kiritilgan:

1. Test sinovlari 1 avgustdan 15 avgustga qadar o‘tkaziladi.

2. Kirish test sinovlari natijalari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb saytida e’lon qilinadi.

3. Test sinovlari Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida, unga yondosh qo‘shimcha yig‘ma pavilonlarda, katta sig‘imdagi binolarda, viloyatlarda Olimpiya zahiralari kollejlari yoki boshqa tashkilotlarga tegishli sig‘imi katta binolarda o‘tkaziladi.

4. Alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida test sinovlari bo‘lmaydi.

5. Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga abiturientlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya qurilmalari, metallodetektorlar orqali kiritilishi, jarayonni yoritish uchun monitorlar o‘rnatilishi belgilandi. Abiturientlarning ota-onlari uchun test sinovlarini videokuzatuv orqali onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyatlari yaratiladi.

6. Davlat test markazi xodimlarining soni keskin ko‘paytirilgan tuzilmasi qabul qilinmoqda.

7. Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilmoqda.

Davlat test markazi barcha turdagi va shakldagi davlat yoki nodavlat ommaviy axborot vositalari vakillarini test sinovlari to‘g‘risida aniq va muhim ma’lumotlarni e’lon qilish zaruriyati tug‘ilganda avvalo Davlat test markazining Axborot xizmati bilan bog‘lanishlarini, e’lon qilinuvchi ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlab olishlarini so‘raymiz.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5918 | Рейтинг: 0| Рейтинг: test imtihonlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное