Juliya Roberts ikkinchi marta sayyoramizning eng go‘zal ayoli deb tan olindi, deb xabar qildi Rambler nashri.
People jurnali “Sayyoraning eng go‘zal ayoli” nominatsiyasini ikkinchi bor 49 yoshli aktrisa Juliya Robertsga berdi.
Aktrisa ilk bor ushbu nominatsiyada jurnal muqovasini bundan 26 yil avval bezatgan edi.
Juliya Roberts “Mona Liza tabassumi”, “Dilbar qiz”, “Qochoq kelin”, “Mo‘’jiza” kabi filmlari bilan mashhurdir.