Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Kalmar o‘yini” rejissori serialning yana ikki mavsumini suratga olmoqchi — u Netflix bilan kelishuvlar olib bormoqda

“Kalmar o‘yini”ning bir mavsumi yetarli emas, deb o‘ylaydiganlar uchun ajoyib yangilik. Serial rejissori Xvang Don Xyok hozirda Netflix bilan loyihaning ikkinchi va uchinchi fasllarini chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun muzokara olib bormoqda.

50 yoshar shouraner bu haqda KBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Shuningdek, u striming xizmati vakillari bilan yaqin vaqt ichida yakuniy qarorga kelishlarini va natija haqida, albatta, omma oldida ma’lum qilishini qo‘shimcha qilgan.

Xvang avvalroq birinchi mavsum finali kartina uchun yaxshi yakun bo‘lishi mumkinligini aytgan edi, ammo ba’zi sujetlar noaniqligicha qolgan. “Serialda oshkor etilmagan yana bir qancha voqealar bor. Misol uchun, politsiyachi va uning akasining hikoyasi, — deydi u The Hollywood Reporter nashriga. — Agar ikkinchi mavsumda ishni tugatsam, ushbu hikoya chizig‘ini o‘rganmoqchiman, bu ikki aka-uka o‘rtasida nima bo‘ladi? Keyin Ki Xunga birinchi epizodda kartani bergan kostyum yollovchining hikoyasini ko‘rib chiqishim mumkin”.

Eslatib o‘tamiz, “Kalmar o‘yini” seriali 2021-yilning sentabr oyida namoyish etildi. Sujet quyidagicha: 456 nafar moliyaviy muammoga duch kelganlar ko‘p millionli sovrin yutib olish umidida sirli o‘yinda ishtirok etadi. Ammo bolalar o‘yiniga o‘xshab ko‘ringan sinovlar halokatli bo‘lib chiqadi: har kuni eng kuchsiz o‘yinchilar tashkilotchilar tomonidan ayovsiz tarzda o‘ldiriladi. Ushbu drama bir zumda tomoshabinlar va tanqidchilarning minglab hayratlanarli izohlariga sabab bo‘ldi va Netflix’da eng ko‘p tomosha qilingan serial sifatida “Brijertonlar” rekordini yangiladi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 922 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bilan, olmoqchi, rejissori, serialning, Kalmar, Yana, kelishuvlar, mavsumini, ikki, olib, suratga, bormoqda, o‘yini, Netflix
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное