Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Kamchatkada tez tibbiy yordam mashinasi yo'lini to'sib qo'ygan haydovchi qamalishi talab qilinmoqda



Shange.org saytida Rossiyaning Kamchatka o'lkasida jon berish arafasidagi bemorga yordamga shoshiltgan tez tibbiy yordam mashinasini o'tkazmagan haydovchini jinoiy javobgarlikka tortish talab qilingan ariza e`lon qilindi. Unga shu paytga qadar 16 mingdan ortiq foydalanuvchi imzo chekkan.

«Ushbu holat bo'yicha jamoatchilikda juda katta norozilik kelib chiqqanini inobatga olib, yo'lni to'sib qo'yish uchun belgilangan 500 rubllik jarimadan tashqari ayol haydovchi, shuningdek, uning yo'lovchisi jinoyatga sherik bo'lgan shaxs sifatida haqiqiy jazoga tortilishini talab qilamiz», - deyilgan arizada.

Murojaat muallifining ta`kidlashicha, kelajakda bunday huquqbuzarliklar uchun belgilangan jazoni kuchaytirish lozim.

Avvalroq, Kamchatka gubernatori Vladimir Ilyuxin ham tezkor xizmat xodimlari ishiga xalaqit berganlik uchun jazoni kuchaytirish lozimligi haqida aytib o'tgandi. 

Ro'y bergan hodisa yuzasidan Rossiya JKning tegishli moddasi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan. 

Voqea Petropavlovsk-Kamchatskiy shahrida 10 yanvar kuni ro'y bergan bo'lib, maxsus signallari yoqilgan tez tibbiy yordam mashinasi 21 yoshli erkakning chaqiruviga ko'ra ketayotgan bo'lgan, biroq uning yo'lini ayol haydovchi boshqarayotgan avtomobil to'sib qo'ydi. Natijada bemor oldiga 3 daqiqa o'rniga 13 daqiqada yetib borgan tibbiy yordam brigadasi bemorning o'limini qayd etgan.


Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3667 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kamchatka, tez tibbiy yordam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное