Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kanizadan sokin tarona tez kunda
Ayni damda shaxsiy hayotida yangilik ro‘y berishi kutilayotgan xonanda Kaniza ijoddan bir zum tingani yo‘q.
Shou biznes olamida o‘z yo‘li va yo‘nalishiga ega bo‘lgan, xushovoz va jozibakor ijodkor yangi g‘oyalar ustida ish olib bormoqda. Xonandaning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda sokin tarona yaratilmoqda. “Bu qo‘shiq shunday tarona bo‘ladiki, butun yurtimiz ahlini, qolaversa, boshqa davlatdagi muxlislarimiz yuragidan chuqur joy egallaydi. Tinglaganda qalbini o‘zgacha his qamrab olib, tinglovchining eti jimirlaydigan darajadagi bu musiqiy asarga videoklip suratga olish rejalashtirilgan. Shuningdek, hech kim ko‘tarmagan mavzuni ko‘tarmoqdamiz. O‘ylaymanki, bu xalqimiz uchun kutilmagan yangilik bo‘la oladi. ” – deydi ijodiy yangiliklarini biz bilan bo‘lishgan Kaniza saytimizga bergan ma’lumotlariga qo‘shimcha qilib.
Bu hali hammasi emas. Uning shu kunga qadar yaratgan obrazlaridan o‘zgacha qirralarini kashf qilgan rejissyorlar yangi filmlarga taklif qilishmoqda. Kartina ssenariysi xonandaga  ma’qul kelgan va albatta portnyoriga qarab filmda rol ijro etish yoki ijro etmasligini ma’lum qiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Kanizani oldinda yangidan yangi ijodiy ishlar kutmoqda. Hozircha tarona va kartina nomi sir tutilmoqdayu tez kunda saytimiz orqali bu sirdan voqif bo‘lasiz. Shunday ekan bizni kuzatishda davom eting.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2580 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Sokin Tarona, Kaniza
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное