Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kanizaning klipi tasdiqlandi, Manzura va Bahriddin Zuhriddinovniki o‘tmadi


Joriy yilning 5 avgust kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kengashda 18 nafar xonanda tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Milena Xalilova ijro etgan “Oqqushlar”, “Nihol” mukofoti sovrindori Kaniza ijro etgan “O‘zbekiston”, xonanda Otabek Muhammadzohid ijro etgan “Sensiz”, xonanda Munisa Rizayeva ijro etgan “Aybim sevganim”, xonanda Alijon Isoqov ijro etgan “Toshkent ko‘chasi”, xonanda Shahribonu Axtamova ijro etgan “Baxtim”, xonanda Javlon Olimov ijro etgan “Aldadimi”, Poytaxt guruhining “Nola”, xonanda Sanjar Usmonov ijro etgan “Mohinurim”, xonanda Zafar Qurbonboyev ijro etgan “Sanamjon”, “Gal-gal” hamda xonanda Behruz Tohirov ijro etgan “Ey yor” qo‘shiqlariga tasvirga olingan videokliplarga Kengash a’zolari tomonidan bildirilgan ba’zi juz’iy kamchiliklarni bartaraf etish xonandalarning o‘zlariga va klipmeykerlariga tushuntirilib, ba’zi kadrlardan voz kechish, to‘g‘rilash sharti bilan istisno tariqasida ruxsat berildi.

“Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yuldasheva ijro etgan “Adashdim” qo‘shig‘ining klipdagi ayrim tasvirlarni to‘g‘rilash kerakligi tushuntirilib, ushbu klipni efirga uzatish rad etildi. Kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng qayta topshirish mumkinligi tavsiya etildi.

Xonanda Bahriddin Zuhriddinov ijro etgan “Dilozorim” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip mazmuni bilan qo‘shiq mazmunida uyg‘unlik yo‘qligi, klipdagi oxirgi qismidagi dialoglar qo‘shiqqa mos emasligi ta’kidlanib, rad etildi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etilganidan so‘ng, Kengashga qayta taqdim etilishi ta’kidlandi.

Xonanda Samadjon Ruzmetov ijro etgan “Kel ey” qo‘shig‘iga ishlangan videoklip mazmuni bilan qo‘shiq mazmunida uyg‘unlik yo‘qligi, klipdagi dialoglar tushunarsizligi hamda qo‘shiq matni sayozligi bois rad etildi.

Xonanda Alisher Zokirov ijro etgan “Yurak sen bilan” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipdagi o‘rinsiz kadrlardan voz kechish kerakligi xonandaga tushuntirildi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib Kengashga qayta taqdim etilishi ta’kidlandi.

Xonanda Nargiza Kenjayeva ijro etgan “Bale-bale” qo‘shig‘iga ishlangan videoklipda g‘arbga taqlid kuchli ekanligi, milliylikdan uzoq, qadriyatlarimizga mutlaqo zid tasvirlar mavjudligi e’tirof etilib, ushbu videoklip ham rad etildi.

Otabek Mutalxo‘jaev ijro etgan “Ayt tun” qo‘shig‘i matnini professional shoirga ko‘rsatib qayta ijro etishini hamda klipdagi tasvirlaridagi kamchiliklar xonanda va klipmeykerga tushuntirildi. Ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, Kengashga qayta taqdim etilishi ta’kidlandi.

Kengash a’zolari xonandaning kelgusidagi ijodiy ishlariga yaqindan yordam berishlari, she’r tanlashda va klip suratga olishida o‘z ko‘maklarini ayamasliklarini bildirdilar.

Badiiy Kengashning har yig‘ilishida xonandalarga ijodiy ishni yaratish davomida professionalizmga e’tibor qaratishlari, she’riyat talablariga javob beradigan badiiy jihatdan teran, mazmunan puxta she’rlar tanlash kerakligi tushuntirilmoqda, tavsiyalar berilmoqda va bu borada xonandalarga ko‘maklashilmoqda.



Manba:xabar.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4794 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Manzura, Kaniza
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное