Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoz Ifori - Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
Главная » Файлы » Qiziqarli

Karra jadvalni shu paytgacha noto`g`ri yodlab kelganimiz ma`lum bo`ldi





Matematika o`qituvchisi Ekaterina Kunina AdMe.ru portaliga, karra jadvalini to`g`ri yodlash va asablarni asrab qolish yo`lini o`rgatdi. Bu uslub nafaqat yodlashni engillashtiradi, balki bilim berib, bolaning kundalik daftarini qutqarib qoladi.

Siz bolalarning matematik bilimi tushib borayotgani haqida avval eshitgansiz.

Farzandlarim ikkinchi sinfda o`qiyotganda men nima uchun maktabda matematik bilim darajasi tushishini tushunib etdim. Aynan ikkinchi sinfda matematik ilm olishda katta bo`shliq yuzaga keladi.

Asosiy muammo — karra jadvalida. Farzandlaringizdagi katak daftarlarga nazar soling.

Men ko`p do`konlarda bo`ldim, ammo ularning hammasida mana shu tasvir:



Xo`sh, nima uchun bu daftar yomon? Hech narsadan shubhalanmagan ota-onalar unda karra jadval aks etayotganligini ko`rishadi. Aslida doim shu jadvalning surati bo`lgan daftarlarda. Xo`sh, buning nimasi yomon?

Muammo shundaki daftarlardagi karra jadval EMAS.

Karra jadval mana bu:


Boshqacha qilib uni “Pifagor jadvali” deb atashadi.

Tepadagi va chapdagi ustunni olmasa ham bo`ladi, faqat asosiy to`g`rito`rtburchak.

Birinchidan, bu jadval. Ikkinchidan, u qiziqarli!

Hech qaysi bola ustuncha qilib yozilgan 2*2=4 misollarida biror qonuniyat va qiziqarli holat izlamaydi.

Uuman olganda, o`qituvchi bolaga: «Karra jadvalni yod ol!» desayu, — bola oldida hech qanday jadvalni ko`rmasa, u matematika qiziqarli fanligini anglamaydi va shunchaki yod olish bilan ish bitadi degan xulosalarga keladi.

Jadval nimasi bilan yaxshi?

Birinchidan, unda chapdagi misollar ko`rinishidagi ortiqcha ma`lumot yo`q.
Ikkinchidan, uning ustida bosh qotirsa bo`ladi.
Uchinchidan, agar u doim qo`l ostida bo`lib, bolaning ko`zi doimiy ravishda shunga tushsa, u o`zi bilmagan holda bu sonlarni eslab qolishni boshlaydi. Aytaylik, «etti karra sakkiz» savoliga hech qachon «55» deb javob bermaydi, sababi bu sonning o`zi jadvalda yo`q!
Bundan tashqari bola avtomatik tarzda qonuniyatlarni izlashga moyil bo`ladi. Va o`zi mustaqil ravishda topa oladi. Bunday qonuniyatlarni hatto ko`paytirishni bilmagan bola ham anglashga qodir.




Masalan: simmetrik sonlar diagonal sonlarga — teng.

Inson ongi simmetriya izlashga moslashgan, va agar uni topsa va sezsa — juda hursand bo`ladi. 

Eng muhimi, bola buni o`zi tushunib etadi! Inson o`zi idrokini ishga solgan holda anglab etgan narsasini yod olgan narsasidan ko`ra bir umr eslab qoladi.




 
 


Категория: Qiziqarli
Просмотров: 18361 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Karra jadvalni shu paytgacha notogr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Azamat4846 Nma farqi borakan endi. Naborot eski jadval cunarliro va qulay. Yengi jadvalda odam adawb ketiwi mumkn. Babr eskisi yaxwi!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное