Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kechikkan hayot”dagi obrazidan qoniqmagan Dilnoza Kubayeva “Baron”dagi rolidan xavfsiraganini qayd etdi




“Darakchi” nashri bilan suhbat qurgan aktrisa Dilnoza Kubayeva “Kechikkan hayot”dagi obrazini hamkasblaridan istalgan biri undan yaxshiroq o‘ynay olishiga iqror bo‘ldi.
“Filmning boshidagi lavhani negadir olib tashlashgan. Shifoxonada qahramonimga onasining vafot etganini aytishadi. U dod solib yig‘lamaydi, undan ham battar ahvolga tushib, bukilib, egilib qoladi. Balkim ijrom yaxshi chiqmagandir… Shu joyi qirqilgan. ‘Kechikkan hayot’ haqida gapirish men uchun biroz qiyin. Kinosinovga chaqirishganida, baribir meni olishmaydi, chunki bu qahramon men emasman, deb borgandim. Lekin rostini aytishim kerak, agar bu rolni mendan boshqa aktrisa ijro qilganida yaxshiroq o‘ynagan bo‘lardi”.
 
Jurnalist Dildora Yusufbekova Shahodat rolida Kubayevadan boshqasini tasavvur qila olmasligini aytganida aktrisa shunday javob qaytardi:
 
“Men esa aksincha, o‘zimdan boshqa hamma aktrisani Shahodat qiyofasida tasavvur qilib ko‘rganman”.
 
Dilnoza Kubayevani cho‘chitgan rollar bormi?
 
“Bor! ‘Kechikkan hayot’ cho‘chitgan. ‘Baron’dagi rolim ham shunday. Rol kichik bo‘lgani uchun, vazifasi katta edi. Farhod Mahmudov turmush o‘rtog‘im ekanini bir vaqtning o‘zida bildirishim, bir vaqtning o‘zida sezdirmasligim kerak. Ko‘p muddat ko‘rishmaganman, sog‘inganman, uchrashganimizda esa sog‘inchimni sezdirmasligim va bir vaqtning o‘zida hislarimni bildira olishim lozim. Qiyin-da bu”, — deydi Dilnoza Kubayeva.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3478 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Dilnoza Kubayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное