Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Kelasi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi
Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda kelgusi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishini ochiqladi. 

5-8 dekabr kunlariga ob-havo ma’lumoti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°sovuq, ba’zi joylarda 15-20°sovuqgacha pasayadi, kunduzi 2-7°sovuq bo‘ladi. 

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°sovuq, ba’zi joylarda 15°sovuqgacha pasayadi, kunduzi 0-5°sovuq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-6 dekabrda 7-12°sovuq, 7-8 dekabrda 5-10°sovuq, kunduzi 2°sovuq-3°iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 2-7°sovuq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 dekabrda kechasi 2-7°sovuq, kunduzi 0-2°iliq ba’zi joylarda 3°sovuqgacha, 6 dekabrda kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 3°sovuq-2°iliq, 7-8 dekabrda kechasi 3-8°sovuq, ba’zi joylarda 10°sovuqgacha, kunduzi 3°sovuq-2°iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 dekabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 6-8 dekabrda 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi. 

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 dekabrda 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 6-8 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 5 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 6-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5 dekabrda 2-7°sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq 6-8 dekabrda 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 5-6 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 7-8 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14°sovuq, kunduzi 0-5°sovuq bo‘ladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3073 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aytildi, ob-havo, hafta, kelasi, boshlanishi, Qanday, bilan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное