Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Kianu Rivz “Matritsa” filmidan olgan gonorarining 70 foizini nimaga sarflagani haqida so‘zlab berdi

Kianu Rivz “Matritsa”ning original, birinchi qismidan tushgan daromadlarining katta miqdorini saraton kasalligini o‘rganish uchun xayriya qilgan. Bu ma’lumot oradan 20 yil o‘tib ma’lum bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, aktyorga ilmiy-fantastik filmda suratga tushgani uchun bo‘nak (avans) sifatida 10 million dollar to‘langan kartina muvaffaqiyatga erishganidan keyin esa u yana 35 million dollar ishlab topgan.

Lad Bible’ning ma’lumotlariga qaraganda aktyor daromadining 70 foizini, ya’ni 31,5 million dollarni leykemiyani tadqiqot qilib o‘rganishga sarflagan. O‘sha vaqt singlisi Kim 8 yildan buyon ushbu dahshatli kasallik bilan kurashib kelgani sabab ham Rivz bunday qarorga kelgan. Kimga 1991-yilda qon saratoni tashxisi qo‘yilgan va u 2001-yil kasallik alomatlari vaqtincha zaiflashgunicha saraton bilan kurashgan.

Kianu Kim tuzalganidan keyingi bir necha yil davomida ham pul ajratishda davom etgan, shuningdek, u saratonga qarshi kurashish va bolalar shifoxonalariga yordam berishni maqsad qilgan fondga yashirincha asos ham solgan.

2020-yilda Rivz o‘zi bilan 15 daqiqalik ko‘rishishni auksionga qo‘ygan va tushgan mablag‘ni Camp Rainbow — Aydaho shtatidagi saraton kasalligiga chalingan bolalar uchun yozgi dastur Gold’ga sarflashini ta’kidlagan. Auksionda g‘olib 19 ming dollardan ko‘p mablag‘ to‘lagan.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1406 | Рейтинг: 0| Рейтинг: haqida, berdi, foizini, Kianu, olgan, filmidan, Rivz, 70, so‘zla, Matritsa, gonorarining, nimaga, sarflagani
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное