VIA Marokand - Alma (Vi... VIA Marokand - Alma (Vi...
Shohruhxon - Devona (Vi... Shohruhxon - Devona (Vi...
Manzura - Izlamading (E... Manzura - Izlamading (E...
Shohruhxon - Ilk sevgim... Shohruhxon - Ilk sevgim...
Ali Otajonov - Shukrona... Ali Otajonov - Shukrona...
Ravshan Komilov - Ro'mo... Ravshan Komilov - Ro'mo...




Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Soundterck
. Qo'rqmas - soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Qaqnus - Mal De music
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Kimlar koronavirusdan foyda olib, boyib ketmoqda?

2020 yilning boshida butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotini inqirozga yuz tutishiga olib keldi. Xitoydan boshlanib sayyoramizga tarqab ketgan epidemiya 2008 yilgi inqirozdan ham oshib tushdi. Iqtisodiy qulashdan dastavval o‘z ishlaridan va daromad manbaidan ayrilgan aholining kam ta’minlangan va o‘rta qatlamlari, kichik va o‘rta biznes vakillari ziyon ko‘rishdi. Shu bilan birga sayyoramizning badavlat insonlari ham yirik moliyaviy yo‘qotishlarga duch kelishdi. Ularning moliyaviy holati qisqa muddatlar ichida milliardlarni tashkil etdi. Biroq oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘. Kurrai zaminning asosiy qismi ishsizlik natijasida uyda o‘tirib, iqtisodiyot inqirozga yuz tutishini kuzatayotgan bo‘lsa, ba’zilar bundan yaxshigina daromad ko‘rishmoqda.

2020 yil butkul yo‘qotildi
Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi iqtisodiy faoliyatning tezkor ravishda susayishi dunyoni retsessiya tomon yetaklaganligini qayd etdi. JPMorgan Chase iqtisodchilari yuzaga kelgan inqiroz Buyuk turg‘unlik davrlaridan buyon eng kuchlisi bo‘lib, bu yaqin ikki yil ichida global YaIM 5,5 trln. dollarga pasayishiga olib kelishini taxmin qilishdi. Saxo Bank esa 2020 yilni butkul yo‘qotilgan deya e’tirof etdi. Biroq shunga qaramay ba’zi sohalar inqiroz sharoitida nafaqat yo‘qotishlarni bartaraf etishdi, balki moliyaviy bozorning yangi talablariga moslashib milliardlab foyda ko‘rishdi.
Qaysi sohaga talab rekord darajada oshib ketdi
Koronavirus inqirozi paytida muvaffaqiyatga erishganlar orasida videokonferensiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar va ulardan ayniqsa, Zoom'ning borligi e’tiborli. Bu xizmat bir vaqtning o‘zida ko‘p kishiga video orqali muloqot qilish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida masofadan turib ishlashga ommaviy o‘tish sharoitida biznes va o‘quv yurtlarida qo‘llaniladi. Aksariyat insonlarga karantin davrida bunday xizmatlar kichik miqdorda bo‘lsada foyda olish imkonini beradi. Misol uchun, mikrobiznes vakillari va o‘z-o‘zini band etganlar – ruhshunoslar, ekskursiyachilar, notiqlar va yoga o‘qituvchilari. Oshib borgan talab Zoom'ga Dow Jones indeksi 1987 yildan buyon eng quyi pog‘onalarga pasaygan davrdagi rekordini yangilashga ham imkon berdi.
Koronavirus avj olgan kunlarda bu dasturni yuklab olish soni kompaniya aksiyalari narxi singari ikki barobardan ko‘proqqa oshdi. Yanvar oyida Zoom qimmatbaho qog‘ozlari 68 dollar atrofida baholangan bo‘lsa, 14 mayga bo‘lgan holatiga ko‘ra u 167 dollardan yuqoriroq qiymatda savdolashyapti. Aprel oyida kompaniya aksiyalari rekord daraja – 169 dollarga yetdi. Zoom'ga bo‘lgan talab uning asoschisi Erik Yuanni sayyoramizning eng badavlat insonlari qatoriga qo‘shilishini ta’minladi. 2020 yilda biznesmen Forbes jurnali tomonidan tuziladigan jahonning eng badavlat insonlari an’anaviy reytingiga kirishiga zamin yaratdi. 15 may sanasiga ko‘ra uning umumiy moliyaviy holati 8 mlrd. dollarni tashkil etdi, bu reytingda 205-o‘rinni egallashini ta’minladi.
Yana bir kompaniya pandemiya sabab boyib ketdi
Zoom koronavirus sabab mustahkam oyoqqa turgan yagona xizmat emas. Pandemiya sharoitida Slack korporativ messenjeri ham ommaviylashib bormoqda. Bu videoaloqa xizmatini omma e’tiboriga havola etadigan messenjer. Mart oyi o‘rtalarida dunyo moliyaviy bozorining qulashi Slack aksiyalarini ham tushirib yubordi, biroq oy oxiriga kelib kompaniya buni to‘xtatishga erishdi. May oyida esa Slack qimmatbaho qog‘ozlari yil davomida maksimum o‘sishga erishdi va 15 mayga kelib 31,5 dollarga yetdi, bu 1 yanvarga nisbatan 30%ga qimmatlashganini anglatdi.
Pasayib borayotgan kompaniyaga bo‘lgan talab karantinda oshib ketdi
Pandemiya ijobiy ta’sir qilgan yana bir soha onlayn o‘yinlar sanoati bo‘ldi. Karantin choralari e’lon qilingach odamlar kino va seriallar ko‘rish, musiqa eshitish va onlayn videoo‘yinlar o‘ynash imkoniyatini beruvchi xizmatlardan faolroq foydalana boshlashdi. Ularning orasida ayniqsa Netflix va YouTube yanada yuqori o‘rinlarga ko‘tarilishdi. Foydalanuvchilar oqimi shu darajada yuqori ediki, natijada ushbu kompaniyalar aksiyalari keskin ko‘tarilib ketdi. Neftflix mart oyidagi pasayishdan tezda o‘ziga keldi va mayning o‘rtalariga kelib yil boshiga nisbatan 35%ga teng ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Karantin vaqtida amerikaliklar videoo‘yinlar uchun 11 mlrd. dollar sarfladi
Shuningdek, videoxizmatlar bilan birga kompyuter o‘yinlari ham o‘zining yuksalayotgan davrini o‘tkazmoqda. Verizon telekommunikatsiya kompaniyasining ma’lumotlari bo‘yicha, mart oyida o‘yin platformalaridagi trafik 75%ga oshib ketdi. Taqqoslash uchun, haftalik film tomoshasi koronavirusgacha bo‘lgan davrga nisbatan 32%ga, video ko‘rish esa 36%ga oshgan. 2020 yilning dastlabki kvartali yakunlari bo‘yicha amerikaliklarning videoo‘yinlarga pul sarfi deyarli 11 mlrd. dollarga yoki 2019 yilning shu davriga nisbatan 9%ga oshgan.
Xastalik deb tan olingan mashg‘ulot koronavirusga qarshi samarali vosita
Pandemiya davrida kompyuter o‘yinlari nafaqat ko‘ngilochar vosita turi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Aprel oyi boshida Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti kutilmaganda videoo‘yinlar karantin sharoitida virus tarqalishining oldini olish va odamlarning uyda qolishlari uchun samarali vosita ekanligini ta’kidladi. Nega kutilmaganda deyapmiz, chunki bundan bir yil avval tashkilot insonning videoo‘yinlarga bog‘lanib qolishini xastalik deya tan olgandi. Biroq 2020 yilda BSST videoo‘yinlar sanoatida yetakchi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda #PlayApartTogether (#Masofadano‘ynang) kampaniyasini e’lon qildi. Bu harakatga qo‘shilgan videoo‘yinlar asoschilari o‘rtasida Activision Blizzard (Call of Duty, Guitar Hero, Warcraft, Diablo) ham bor. Mart oyida kompaniya talabning pasayishi natijasida bir necha milliardlarni yo‘qotgan edi, biroq uning aksiyalari tezda o‘sish yo‘liga tushib oldi. Hozirgi kunda uning aksiyalari deyarli 73,18 dollarga baholangan, umumiy kapital aylanmasi esa 56,3 mlrd dollarni tashkil etmoqda.
Dori ishlab chiqaruvchi kompaniya uchun ham pandemiya omadli keldi
Farmasevtika kompaniyalari ham yuksalish pillapoyalariga ko‘tarilayotganlar toifasiga kiradi. Har qanday epidemiyalar davrida kasallikdan dori vositalarini izlab topish birinchi raqamli mavzuga aylanadi. Shu sababli inqirozlar bu sohadagi ishlab chiqaruvchilar taraqqiyotiga cho‘t emas. Misol uchun: koronavirusga qarshi samaradorligini aniqlash maqsadida remdesivir preparatini sinovdan o‘tkazgan Gilead Science farmasevtika kompaniyasi aksiyalari yanvar oyidagi 65 dollardan 77 dollarga ko‘tarildi. Aprel oyida mazkur preparat koronavirus bilan kurashda og‘ir xasta bo‘lganlarga samarali ta’sir ko‘rsatganligi ma’lum bo‘lgach, kompaniya qimmatbaho qog‘ozlari qisqa davr ichida 84 dollargacha ko‘tarilib ketdi.
Gilead Science raqobatchilarida ham yil kashfiyoti bo‘lish uchun o‘ziga xos poygada aksiyalari o‘sishda davom etmoqda. Aprel oyi boshida o‘z preparati sinovlarini boshlagan Inovio Pharmaceuticals kompaniyasi qog‘ozlari ham 300%ga oshdi. COVID-19ga qarshi dori vositasi yaratish ishlarini boshlab yuborgan Moderna aksiyalari esa yanvar oyiga nisbatan 250%ga ko‘tarilib ketdi.
AQSh va Germaniyada koronavirusga vaksinalarni insonlarda qo‘llashni boshlagan farmasevtik gigantlar Pfizer va BioNTechda ham qog‘ozlar qiymati o‘sishda davom etmoqda. Amerika kompaniyasining aksiyalari mart oyidagi qulashdan so‘ng to‘liq tiklanish yo‘lida borayotgan bo‘lsa, germaniyaliklar yil boshidagiga qaraganda 25% yuqoriroq ko‘rsatkichda savdolashmoqda va bu raqam 92 dollarga yetdi.
Biotexnologiya kompaniyalari va internet-riteylerlari ham yaxshi ko‘rsatkichga erishdi
Koronavirus sharoitida biotexnologiya kompaniyalari va internet-riteylerlar ham plyusda qolishmoqda. Kundalik ehtiyoj mahsulotlariga yuqori darajadagi talab oshishi natijasida dezinfeksiya va himoya vositalari savdo bozori ham chaqqonlashib ketdi. Bunda ayniqsa, Amerikaning dezinfeksiyalovchi salfetkalar va tozalash vositalari ishlab chiqaruvchi Clorox kompaniyasi faollik ko‘rsatmoqda. Boz ustiga, koronavirus mazkur korxonani inqirozdan saqlab qoldi deyish mumkin: epidemiyadan bir necha yil oldin uning moliyaviy ahvoli raqobatchilarning yuqori bosimi natijasida juda achinarli ko‘rinishga kelgan edi. Ammo pandemiya davrida dezinfeksiya vositalariga talabning keskin oshib borishi natijasida Clorox aksiyalari so‘nggi 50 yil ichidagi maksimal nuqtasiga etdi.
Shuningdek, internet-reteylerlari ham koronavirusdan kelib chiqqan inqiroz davrini o‘z hisoblariga yozib qo‘yishlari mumkin. Pandemiya paytida Amerikaning Amazon kompaniyasiga omad kulib boqqan. Bolalar o‘yinchoqlaridan tortib kundalik ehtiyoj mollarigacha bo‘lgan turli tovarlarni uyga yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi reteylerning savdo hajmi yuqori darajada oshib ketdi. Biznesning boshqa ko‘rinishi vakillari chuqur inqirozni o‘tkazayotgan, xodimlarini ishdan bo‘shatayotgan yoki ish haqi to‘lanmaydigan ta’tilga yuborayotgan bir davrda onlayn-savdoning ushbu yetakchisi internet-buyurtmalar hajmi oshganligi sababli yangi xodimlarni ishga olishiga to‘g‘ri kelyapti. Kompaniya mart oyidayoq 100 mingta yangi vakansiyalar ochilganligini e’lon qilgan – asosan omborxona ishchilari va kurerlarga ehtiyoj oshib ketdi. Qolaversa, yuqori bandlik darajasi sababli xodimlarning alohida guruhlariga ish haqlarini ko‘tarildi.
Jeff Bezosning umumiy boyligi 100 mlrd dollardan oshib ketdi
Amazonning bu muvaffaqiyati uning asoschisi Djeff Bezosga bu safar ham sayyoramizning eng badavlat insoni deya tan olinishiga olib keldi. Bezos inqirozni yo‘qotishlarsiz o‘tkazish barobarida yangi muvaffaqiyatlarga ham erishdi. Hozirgi kunda u umumiy boyligi 100 mlrd dollardan oshgan sanoqli ishbilarmonlardan biri hisoblanadi. Forbes ma’lumoti bo‘yicha, Bezosning shaxsiy kapitali 143,7 mlrd dollarga yetdi. Uning yaqin ta’qibchilari — Microsoft asoschisi Bill Geyts va Yevropaning eng badavlat insoni hisoblanadigan Louis Vuitton Moet Hennessy (LVMH) egasi Bernar Arno endilikda Bezosdan ancha ortda qolishmoqda.
Koronavirus sayyoramizni o‘zgartirib yubordi
Texnologiya kompaniyalarining ravnaqi jahon iqtisodiyotining realdan virtual tarzga o‘tishiga kuchli turtki berdi. 2020 yil boshi butun dunyo bo‘ylab iste’molchilar odatlari va biznes amaliyotini to‘liq o‘zgartirib yuborganligi aniq. Sarhadlarning yopilishi natijasida global yetkazib berish zanjirlarining uzilishi kompaniyalarni qaerdan sotib olishlari va kimlarga sotayotganliklari borasida o‘ylantirishga majbur qildi. Masofaviy ishlash bo‘yicha global tajriba barcha ishchi xodimlar va talabalar ahliga o‘ziga xos sinov bo‘ldi va bu koronavirusdan keyingi olamda biznes va ilm-fan sohasida yangi amaliyot va samarali faoliyat olib borish imkonini beradi. Keng ko‘lamli bu siljish qanchalik foydaliligi va inqiroz davrida ko‘tarilgan kompaniyalar uzoq muddatli istiqbolda bozor yulduziga aylanishi hozircha noma’lum. Biroq ishonch bilan aytish mumkinki, koronavirus sayyoramizning iqtisodiy manzarasini butunlay o‘zgartirib yubordi.


Manba:rewiev.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 7498 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Сизда Изоҳ қолдириш ва фикр билдириш хуқуқи мавжуд эмас.
Фақат сайтимиздан руйхатдан ўтган фойдаланувчилар изоҳ қолдириш ва фикр билдиришлари мумкин.
[ РЎЙХАТДАН ЎТИШ | САЙТГА КИРИШ ]

Профил

Время: 23:56
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
. Yorqinxo'ja Umarov - Margarita  
. Husan - Olma Otdim  
. Setora Guruhi - Alla  
. Gulsanam Mamazoitova - Yomg'ir  
. Nilufar Usmonova - Mendan Meni So'rama  
. Benom Guruhi - Befarq (Remix by Badalbayev)  
. Dildora Niyozova - Aslida  
. VIA Marokand - Alma  
. Farrux Xamrayev - Ukam Mani  
. Dildora Niyozova - Jigarlarim  
. Zohid - Qaydasan Gulim (Piano Version)  
. Bahrom Nazarov - Bir Taraf  
. Sardor Mamadaliyev - O'g'lim  
. Dildora Niyozova - Armon Bo'ldi (Piano Version)  
. Ulug'bek Rahmatullaev - Ko'rolmagan Ko'zlar  
. Zohid feat. Xamdam Sobirov - Endi Yo'q (DNDM Remix)  
. Dildora Niyozova - Musofir  
. Shoxruz (Abadiya) - Yaxshi Edi  
. Jasur Gaipov - Sen Meni  
. Ozoda Nursaidova - So'yla, Istanbul  

Самое Популярное
. VIA Marokand - Sevgi
. Zohid - Yo'qsan
. O'g'irlanmagan Kelin - Medi Laga Kirakna
. Farrux Xamrayev - Ado qilding
. Umar Shamsiyev - Lolam
. Shohruhxon - Sevmadimmi
. Yulduz Usmonova - Rozimisan
. Yulduz Usmonova - Oy Oy
. Yulduz Usmonova - Onaginam
. Yulduz Usmonova - Omon Bo'ling