Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Ko‘rgim keladi” eng ko‘p tomosha qilingan film bo‘ldi!

"Popcorn” nashri 2014-yilning yanvar—mart oylarida eng ko‘p tomosha qilingan o‘zbek filmlari reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatning 5-pog‘onasida Ozod Shams rejissorligidagi "Voydod” filmi joylashdi. Komediya janridagi kartinada bosh rollarni Umid Soatov, Muqaddas Holiqova, Muhammadiso Abdulxairov hamda Nargiza Salmonovalar mahorat bilan ijro etgan.

4-o‘rinni Rustam Sa’diyevning "Erkatoy” kartinasi egalladi. Unda Muhammadiso Abdulxairov hamda Ulug‘bek Qodirov bosh rollarni ijro etgan. Mazkur film 2014-yilning 24-yanvaridan boshlab tomoshabinlar e’tiboriga havola etilyapti.

Prodyuser Ruslan Mirzayevning "Xiyonat girdobida” kinokartinasi 3-o‘ringa munosib deb topildi. Unda bosh rollarni Zarina Nizomiddinova, Umid Irgashev va Sevara Soliyevalar ijro etgan. Film joriy yil 21-fevraldan boshlab namoyish etilmoqda.

Eng ommabop filmlar ro‘yxatining 2-o‘rnini rejissor Abduvohid G‘aniyev ijodiga mansub "Poyga” kinokartinasi band etdi. Filmda Matyoqub Matchonov, Yigitali Mamajonov, Asal Shodiyeva kabi aktyor va aktrisalar jamoasi qatnashgan. U 2013-yilning noyabr oyidan boshlab kinoteatrlarda namoyish etilmoqda.

Reytingda "O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida "O‘zbekfilm” kinostudiyasida tasvirga olingan "Ko‘rgim keladi” badiiy filmi yetakchilik qilmoqda. Mazkur kinokartinani debyut sifatida yosh rejissor Javohir Qosimov suratga olgan. Dilnoza Kubayeva, Husan Jo‘rayev, Mubina Nazirboyeva, Sayyora Yunusova, Behzod Muhammadkarimov, Yoqub Ahmedov filmda rol ijro etgan.

Filmda insonning irodasi turli sinovlarda, eng og‘ir paytlarda toblanishi murakkab va ta’sirchan epizodlar orqali ochib berilgan. Kartinada bosh qahramon — xonanda Ziyoda Aliyevaning boshiga tushgan hayot sinovlaridan matonat bilan o‘ta olgani aks ettirilgan.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4840 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Ko‘rgim keladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное