Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Komil Allamjonov bilan o‘rtamizda hech qanday sovuqchilik yo‘q”. Jahongir Ortiqxo‘jayevning jamoatchilikka ochiq xati e’lon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning xalqqa murojaati ekani aytilgan xat tarqaldi. Unda hokim so‘nggi kunlarda jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan holatlarga o‘z munosabatini bildirgan. Ortiqxo‘jayev Komil Allamjonov bilan o‘rtalarida hech qanday sovuqchilik, tortishuv yuzaga kelmaganini, doimo hamkorlikda ishlashlarini aytib, turli uydirmalarni tarqatayotganlardan ularning ishlashiga halaqit qilmaslikni so‘ragan.

Xo‘p, oxirgi 3—4 kunda mening atrofimda bo‘layotgan mavzular va men bilan Komil Allamjonov o‘rtasida qandaydir xabarlarlarni tarqatayotgan, holatlarga bo‘rttirib, yolg‘on xabarlar qo‘shib, ijtimoiy tarmoqqa sizdirilayotgan tasdiqlanmagan axborotlar keng muhokamalarga sabab bo‘layotgani ortidan yozishga ahd qildim.

Aslida, e’tibor bermasdan, vaqtimni sarflamasdan, bunday uydirmalarga ahamiyat bermasdan yuraman. Lekin tinimsiz bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar sabab holatga shaxsan aralashishni joiz deb topdim.

Man bilan Komil Allamjonov o‘rtasida hech qanday sovuqchilik yo‘q, biz hech qachon matbuot urushi qilmaganmiz. Bu sohada mening tajribam yo‘q. Bizning munosabatlarimiz doim ochiq va samimiy bo‘lgan. Kerak bo‘lsa, kuniga 3-4 marotaba telefonlashib, xabarlashib, hurmatli prezidentimiz oldida, shu yurt oldida qanday vazifalarimiz, majburiyatlarimiz bo‘lsa, maslahatlashib, fikr almashib, tajriba almashib turamiz. Kecha prezidentimizning Toshkent shahriga tashriflarida biz ikkimiz yonlarida bo‘lib, o‘zimizga tegishli vazifalarni olib kelmoqdamiz. Buni barcha rasmiy fotolardan ko‘rishingiz mumkin.

Biz amaldorlar — xalqning xizmatidamiz. Prezidentimiz bizni bir oila kabi ishlab kelishimizni ta’kidlab keladilar. O‘zbek xalqida bir gap bor — agar oiladagi farzandlar o‘rtasida ziddiyat bo‘lsa, bu oila boshining ishonchi yo‘qolishiga olib keladi. Kelinglar, boshni bir yoqadan chiqarib, davlatimizga, xalqimizga, oilamizga va oila boshini topshiriqlarini halol ado etishga kuchimizni sarflaymiz.

Qolaversa, bizning oramizga kim qanday maqsadlarda bunday tushunmovchiliklar, sovuqchiliklar solmoqchi bo‘lgani, buni tagida qanday manfaatlar yotgani menga qorong‘u. O‘shalarga birgina gapim — ishlashimizga halaqit bermanglar.

Barchangizga bunday uydirmalarga ishonmasligingizni va qimmatli vaqtingizni bunday arzimas narsalarga ketkazmasligingizni iltimos qilib qolardim. Sizlarga katta rahmat!”

Imlo xatolari ko‘p bo‘lgan bu bayonotni chindan ham Jahongir Ortiqxo‘jayevning o‘ziga tegishli ekanini hokimlikning biron rasmiy vakilidan tasdiqlash imkoni bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajarishga tayyorlanayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Keyinroq bu boradagi mish-mishlar rad etildi. Telegram’dagi “Times.uz” kanali mazkur xabar qanday tarqatilganiga oid voqea xronologiyasi haqida yozdi.

Avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev 3,5 yildan buyon hokimiyatda ishlab, davlatning bir so‘miga ham xiyonat qilmaganini bildirgandi. Keyinroq hokimning qizi otasining faoliyatini salbiy baholayotgan OAV xodimlarini tanqid qildi. Komil Allamjonov esa jurnalist va blogerlarni dushman deb bilib, ularni yomon ko‘rgan amaldorning kosasi hech qachon oqarmasligini, “ularga urush e’lon qilinsa, toki o‘sha amaldor joyidan ketmagunicha hech qachon tugamasligini” yozgan.

 



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1457 | Рейтинг: 0| Рейтинг: MMA, Nursulton Ro‘ziboyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное