Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Pazanda - Im Loving You
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Qo'rqmas - soundtreck
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Koreyada kuniga 7 mingta Samsung Galaxy S5 sotilmoqda

Ma’lumki, dunyo bo‘ylab Samsung Galaxy S5 smartfonining sotilishi 11-aprelda boshlanishi lozim. Ammo Janubiy Koreyada bu model allaqachon savdoga chiqarilgan va unga talab juda katta, deb yozadi Mail.ru.

Koreyaning Yonhap axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda Samsung Galaxy S5 qurilmalaridan har kuni 7 mingtasi sotilmoqda. Bir qaraganda, bu uncha katta miqdor emas, axir, smartfonning oldingi avlodi – Galaxy S4 o‘z vaqtida kuniga 8 mingtalab sotilgan. Ammo yana bir jihatni ham nazarda tutish kerak: hozirda Samsung’ning flagman smartfoni uchta asosiy operatordan bittasidagina sotilmoqda.

Qurilmaning narxi ham chakki emas – naq 820 dollarni tashkil etadi.

Smartfon 5,1 dyuym diagonalli, 1920×1080 pikselli displeyga ega. Qurilmaning to‘rt yadroli Snapdragon 800 protsessori 2,5 gigagers chastotada ishlaydi. Galaxy S5 asosiy kamerasi 16 megapikselli bo‘lib, 4K sifat darajasida videoga ola biladi. Unda gibrid avtofokus mavjud bo‘lib, juda tez – 0,3 soniyada zaruriy holatga o‘tadi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3982 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Samsung Galaxy S5
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное