Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Merlin-Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Qaqnus - Mal De music
. Samomiy Ishq-soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan aybdorga jarima jazosi tayinlandi

Joriy yilning 20 mart kuni Surxondaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida “Telegram” messenjeridagi "@GroupSurxondaryo" kanalining foydalanuvchisi “A N Z O R” deb nomlangan profil egasi 20 mart kuni soat 12:38 da "@GroupSurxondaryo" guruhiga koronavirus haqida, ya’ni, “Jo`rabayevada Bor ekan 2 kishi aniqlandi 30 daqiqa oldin” degan mazmundagi odamlarni chalg‘ituvchi, jamiyatda vahima uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.

Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan qo‘shimcha olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar natijasida “Telegram” messenjerida “@GroupSurxondaryo” deb nomlangan guruhga yolg‘on ma’lumot tarqatgan “A N Z O R” nomli profil egasi va foydalanuvchisi Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida istiqomat qilib, Termiz shahrida savdo shaxobchalarining birida sotuvchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaro Anzorjon Berdiqulov ekanligi aniqlandi.
Unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudiga yuborildi.
23 mart kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudining qaroriga ko‘ra, fuqaro Berdiqulov Anzorjon Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasida ko‘rsatilgan (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari, ya’ni 1.115.000 (bir million bir yuz o‘n besh ming) so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.


Manba:sof.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1856 | Рейтинг: 1| Рейтинг: haqida, Koronavirus, yolg‘on ma’lumot
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное