Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Klon-soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qirolicha - Stakan Version
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Koronavirusga chalingan Munisa Rizayeva bemorlarga qilinayotgan eʼtibordan norozi

Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida jonli efir orqali muxlislar bilan muloqot qilib, koronavirusga chalinib, kasalxonada ekanligini, uch hafta davolanganidan so‘ng ahvoli yaxshilanayotganini bildirgan edi.

Jonli efirda u shunday deydi:

“Uch marta koronavirusga test topshirdim, chiqmadi. Issig‘im chiqib, mazam bo‘lmadi. Ikki haftadan keyin yana topshirdim, shundagina koronavirus aniqlandi. Testlarga ishonmanglar, issig‘ingiz chiqib, holsizlikni his etsangiz, davolanishni boshlang”.

Shuningdek, Munisa Rizayeva hozirgi vaqtda kasalxonalarda ahvol tang ekanligini, shifokorlar yetishmay, odamlar koridorda o‘lib ketayotganini ham aytib o‘tdi:

“Men bir narsani aytaman: Shifokorlar juda ham kam, hech kim hech kimga qaramayapti, odamlar o‘zi davolanishga majbur bo‘lyapti. Menga ko‘pchilik ‘Sizning pulingiz ko‘p, shuning uchun ota-onangizni kasalxonaga yotqizdingiz, o‘zingiz ham yotdingiz’ deb aytyapti. Bugun pul va tanish-bilish hech narsani hal qilmayapti. Men o‘zim kimlarga qo‘ng‘iroq qilmadim, adam va onam og‘ir, yordam beringlar deb. Lekin hech qanday tanishlaringiz sizga yordam bermayapti. Munisa Rizayeva bo‘lasanmi, hokim yo vazir bo‘lasanmi, hech kim bir-birini eshitmayapti. Virusolog va pulmonologlar hech kim bir-birini eshitmayapti. Bir kunda kichkina kasalxonaga 1000-2000 kasal kelyapti. Odamlar koridorda o‘lib ketyapti. Shunisini ayta olaman, men lekin. Chunki bu narsani men o‘zim ko‘zim bilan ko‘ryapman. Hech narsa hal qilinmayapti. Ko‘p odamlar qiynalganidan ham o‘lib ketyapti. Kerak bo‘lsa, butun respublikada apparatlar kam, kasallar esa ko‘p. Ko‘pchilikka rahmim kelyapti. Lekin ayb vrachlarda emas, davlat rahbarlarida ham emas. Ular jismonan ulgurmayapti. Shifokorlar kam, kasallar ko‘p. Hamma bir vaqtda kasal bo‘lib qoldi, dunyo bunga tayyor emasdi. Kim kasal bo‘lmasa, iltimos uydan chiqmanglar. O‘zinglarni, ota-onalaringni asranglar!”, — deydi Munisa Rizayeva.


Manba:markaziytv
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7683 | Рейтинг: 0| Рейтинг: eʼtibordan, Munisa Rizayeva, Koronavirus, bemorlarga qilinayotgan, norozi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное