Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Korrupsiyani yo'qotish uchun talabalarning stipendiyasini bir xil qilib qo'yish shartmi?


Shuhrat Sirojiddinov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori:

– Tabaqalashtirilgan stipendiya talabalarning bilim uchun emas, baho uchun o'qishlariga turtki bo'ldi va bu o'z navbatida korrupsion harakatlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Talabaning individual qobiliyatlarini hisobga olmasdan, uning faqat qaydnomadagi «5»lari evaziga haq to'lash amaliyoti o'zini oqlamadi.

– OTMning talabalarga beradigan imkoniyatlari – ular oldidagi «majburiyatlari» degan steriotip paydo bo'ldiki, endi ushbu o'zgarishlar, asosan, «5 baho»ga o'qiydigan talabalar orasida rezonans kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda.

– Stipendiya miqdorining optimallashuvi va stipendiyasiz shartnoma to'lov tizimining joriy etilishi bilan bilimli va iqtidorli talaba hech nima yo'qotmaydi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektorining ushbu fikrlari ko'pchilikni o'ylantirib qo'ygani aniq. Ayni hozirgi narx-navo sharoitida talabalarning 400 ming so'm stipendiya bilan yashay olmasliklari hech birimizga sir emas.

“Stipendiya uchun o'qish emas, bilim uchun o'qish lozimligini yoshlar tushunishlari lozim” degan fikrga kelsak ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari, boquvchisini yo'qotgan talaba qizlar qanday qilib bilim uchun o'qishsin? Axir o'qish uchun ham pul kerak emasmi? Aksariyat talabalarning bugungi kundagi hayot tarzi anchayin achinarli ahvolda ekani barchamizga ma'lum. Ham ishlab, ham o'qib o'z kontraktini o'zi to'layotgan talabalarning endigi hayoti hech kimni qiziqtirmasa? Korrupsiyani yo'qotish uchun talabalarning stipendiyasini bir xil qilib qo'yish shartmi? Nahotki, korrupsiyani yo'qotishning bundan muqobilroq varianti bo'lmasa?!

“Stipendiya miqdorining optimallashuvi va stipendiyasiz shartnoma to'lov tizimining joriy etilishi bilan bilimli va iqtidorli talaba hech nima yo'qotmaydi”,– emas balki endi shusiz ham qiynalib yurgan talabalar qo'shimcha ish topishga majbur bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, ta'lim sifatining pasayishiga olib kelishini hech kim o'ylab ko'rmasligi ajablanarli holat. Endi talaba o'qish uchun emas, diplom uchun o'qishga boradi. Rostda, ishdan charchab kelgan talaba o'qishda nimani ham o'rgana olardi?



Manba:Hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1897 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ystipendiya, korrupsiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное