Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“Kuyov jo‘ra” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha poytaxtimizda joylashgan Alisher Navoiy kinosaroyida rejissyor Iqbol Meliqo‘zievning “Kuyov jo‘ra” nomli kinokomediyasining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kinopremeraga film ijodkorlarining do‘stlari, yaqinlari, kino ixlosmandlari tashrif buyurishdi. Taqdimotni yosh va istedodli aktrisa Shaxzoda Muhamedova hamda Anvar Azimov olib borishdi. Kino ijodkorlarni va tomoshabinlarni taqdimot boshida  Diyor Mahkamov va Aziza Nizomova, yosh ijodkor Jahongir o‘z qo‘shiqlari bilan xushnud etishdi. Ana undan so‘ng ijodiy jamoa sahnaga taklif etildi va bir bir tanishtirildi. Badiiy qism so‘ngida film rejissyori Iqbol Meliqo‘ziev barcha tashrif buyurgan tomoshabinlarga, shuningdek qo‘llab quvvatlaganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Kartina namoyoishi boshlandi. Kinokomediyada xolavachchasiga uylanishi uchun yordam berib, unga kuyov jo‘ralik qilgan Qahhor bu mas’uliyat naqadar qiyin ekanini tushunib yetadi. Qancha harakat qilmasin, natijasi bo‘lmaydi. Shuningdek, o‘zganing qalbiga majburlab kirib bo‘lmasligi, tashqi ko‘rinishni o‘zgartirgsada ichki dunyosi o‘zgarmasligi, ko‘ringaning kabi bo‘l yoki asling kabi ko‘rin iboralari qanchalik to‘g‘ri ekanligiga film davomida amin bo‘lasiz.
Eslatib o‘tamiz, mazkur kartinada Shaxzoda Muhamedova, Asqar Hikmatov, Zuhra Soliyev, Shohida Uzoqova va boshqalar  ishtirok etishgan. Ssenariy muallifi Jahongir Ahmedov. Ushbu kinofilmni yurtimizning barcha kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.



Manba:popcorn.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 3520 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Kuyov jo‘ra
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
998903419696 bu kino saytga qachon qo'yiladi admin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное