Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola e’tiqodiy qarashlarini yanada oydinlashtirdi!

Birovni yomon ko‘rish oson. Yaxshi ko‘rish qiyinmi? Birovning ichki dunyosiga odil va shaffof boqish u qadar oson emas. Chunki, nisbiylik tushunchasi bor. Tafakkur, munosabat, ong, e’tiqod, e’tibor, sevgi, nafrat... har biri individual omillar. Ularning shakllanishi va ta’siri qadar harakatda bo‘lamiz. Turfamiz. Kelib chiqishimiz, nasl-nasabimiz, hayotga qarashlarimiz ayro. Uzoqdan boshladim. Chunki, e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan quyidagi mavzu chuqur mulohaza talab etadi.
Lola shaxsiy sahifasida e’tiqodiy qarashlarini ifodalovchi izoh yozdi. Qisqa soatlar ichida turli-tuman fikrlar yog‘dirildi. Tushunishmadi yo tushuntirib berolmadi u, xullas, yozganlarini tag-tugi bilan o‘chirib tashlashga majbur bo‘ldi. Demak, omma majbur qildi. U samimiy gaplarini aytgandi xolos. Ichidagini, borini, his qilayotganlarini... Muhimi, o‘ziniki, o‘z qalbidagi holatini bayon etdi. Folloverlar esa o‘z boshidagi va ko‘nglidagiga qarab muhokama qildi. Bahs yaxshi. Biroq, pishib yetilmagan, xom yozuvlarni bo‘tqa qilish-chi?
Lolani oqlash fikridan yiroqman. Yo kimningdir fikriga qarshi chiqishdan. Balki, shunday bo‘lganida, xonandaning o‘zi otini oldinroq qamchilardi. Shunchaki, uning nima demoqchi ekanligi bilan qiziqdim va hukmingizga havola etishni joiz topdim.
-Lola, instagramda yozgan gaplaringiz shov-shuvga aylandi. Aksariyat negativ mulohazalardan so‘ng, un i o‘chirib, “qutuldingiz”. Qiziq, nega o‘sha aytganlaringizni “himoya” qilmadingiz?
-Bunga ehtiyoj sezmadim. Chunki, mening aytmoqchi bo‘lganlarimni hech kim tushunmadi. Shuning uchun go‘yoki omma oldida o‘zimni oqlagandek yana izoh berishdan na hojat?
-Folloverlaringizning tanqidiy fikrlaridan ranjidingizmi?
-Yo‘q. Odatda men ranjimayman, shunchaki xulosa qilaman.
-Siz muslimasiz. To‘g‘rimi?
-Oilamizda hamma musulmon. Albatta men ham. Turmush qurganimda, nikoh o‘qitganmiz. Hayit bayramini nishonlaymiz. Buvim arab tilidan dars beradi, u namozni ham to‘liq ado etadi. Mening esa e’tiqod va din borasida o‘z qarashlarim bor. Tolerantman. Har qanday dinni hurmat qilaman.  Imonim bor. Biroq, muayyan din aqidalariga amal qilmayman. Onam tatar millatiga mansub. Musulmon ayol. Afsuski, mening e’tiqodiy tushunchalarimni har kim o‘zicha muhokama qildi. Yozganlarimni noto‘g‘ri tushunishdi.
-O‘sha - yozib, keyin o‘chirib tashlagan izohingizga oydinlik kirita olasizmi? Keling, tushuntirishga yana bir bor urinib ko‘ring!
-Mening e’tiqodim – Muhabbat! Bu Yaratganga bo‘lgan Muhabbat! Bu Ishqni qanday nom ila atashlari muhim emas, chunki har banda Unga o‘zicha murojaat qiladi. Bugungi kunda dunyoda 4000dan ortiq mazhab bor. Ammo Yaratgan Egamiz yagona! Hammamiz uchun Parvardigor bir, yagonaligi haqida muqaddas Qur’onda ham yozilgan. Xudo qalbimizda bo‘lishi darkor!   
-Iyd muborak!
-Rahmat. Hammamizga muborak!
Xulosa qilishga shoshilmang. Har kimning hayotga, dinga, dunyoga o‘z munosabati bor.  Hech kimni majburlab, qarashlarni, g‘oyalarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. To‘g‘ri yo noto‘g‘ri munosabatni vaqtning o‘zi joy-joyiga soladi.
Jasur HAMROYEV


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10786 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola, e’tiqodiy qarashlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное