Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Klon-soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola Karimova – Tillyayeva faoliyatidagi xushxabarni omma bilan bo‘lishdi

Lola Karimova – Tillyayeva boshchiligidagi “Sen yolg‘iz emassan” xayriya fondi tomonidan ko‘plab loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Fond har yili tug‘ma nuqsoni bor bolalarni davolatib, jamg‘arma mablag‘lari hisobidan murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazib keladi. Kuni kecha jamg‘arma vasiylik kengashi raisi Lola Karimova – Tillyayeva davolatish uchun Fransiyaga jo‘natilgan bolalar o‘z uyiga qaytganini aytib, bu xushxabarni Instagram’dagi kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.
  
“Fransiyaning Nant shahriga “Sen yolg‘iz emassan” fondining ko‘magi bilan jarrohlik amaliyotidan o‘tib kelish uchun jo‘natilgan bolajonlar operatsiyalardan muvaffaqiyatli o‘tib, bugun Toshkentga qaytib keldilar.
Ular ikki oy ilgari, 2016 yilning aprel oyida Fransiyaning “Umid rishtalari” uyushmasi shifokorlari ko‘rigidan o‘tib, 24 may kuni “Sen yolg‘iz emassan” Fondi tomonidan Nant shahriga o‘z onalari bilan birgalikda jo‘natilgan edilar”, deydi Karimova – Tillyayeva.
 
Jamg‘arma raisining ma’lum qilishicha, besh oylik Bexruz Asilbekovda murakkab tug‘ma yurak nuqsoni aniqlangan. Ushbu kasallik murakkab jarrohlik amaliyotini talab qilib, operatsiyani Fransiyaning “Umid rishtalari” uyushmasi kardiojarrohi, professor Olive Baron bajargan. Operatsiyadan 8 kun o‘tgach, Bexruz shifoxonaxona qoshidagi kichik bemorlar va ularning ota-onalari uchun mo‘ljallangan maxsus binoga ko‘chirilib, u yerda uch xafta o‘z onasi yonida ambulator davolanishni fransiyalik kardiopediatrlar nazorati ostida davom ettirgan.
To‘qqiz oylik Odina Abduboriyevga esa shifokorlar dekstrokardiya tashhisini qo‘yishgan edi. Takroriy o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik shuni ko‘rsatdiki, qizaloqning ahvoli uning hayoti uchun xavf tug‘dirmaydi. Shu sababli fransiyalik shifokorlar hozirgi vaqtda qizaloqning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotini talab etmaydi degan hulosaga keldilar. Endilikda Odina Toshkentda kardiologlar kuzatuvi ostida bo‘ladi.

Termizlik ikki yashar Hayotxon Mamarajabova o‘ta murakkab, bir necha bosqichli jarrohlik amaliyotini talab etuvchi yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan edi. Operatsiyaning birinchi bosqichi fransiyalik shifokorlar tomonidan 30 may kuni amalga oshirilgan.  

Lola Karimova – Tillyayeva bolalarning sog‘-salomat uylariga qaytganini quvonchi ichiga sig‘may xabar qilar ekan, quyidagi gaplar bilan fikrlariga yakun yasadi:
 
“Biz rejalashtirilgan barcha operatsiyalar muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan juda xursandmiz. Bolajonlarning ota-onalari va yaqinlarining shodligiga sherikmiz. Kichkintoylarga sog‘-omon bo‘lib, o‘z yaqinlarini xursand qilib yurishlariga tilakdoshmiz”.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8265 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola Karimova – Tillyayeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное