Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Lola Karimova-Tillyayeva turmush o‘rtog‘i bilan “Islom ota” masjidi ochilishida ishtirok etdi


 

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YuNYeSKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyayeva va’da qilganidek, Toshkentdagi “Jo‘rabek” jome masjidi kapital ta’mirlanib, unga Islom Karimov xotirasiga “Islom ota” nomi berilgani va masjid ochilishi munosabati bilan ehson dasturxoni yozilgani haqida xabar bergan edik.

Lola Karimova-Tillyayeva bugun, 7 oktabr kuni mazkur masjidning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazilgani, unda o‘zi va turmush o‘rtog‘i Temur Tillyayev ishtirok etgani va masjidda ta’mirdan so‘ng ilk bor Juma namozi o‘qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.

“Bugun qaytadan ta’mirlangan “Islom ota” jome masjidida ilk bor Juma namozi o‘qildi. Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan ushbu masjid 2015 yilning bahorida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida deyarli butkul vayron bo‘lgan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, Toshkent shahar bosh imom xatibi, masjid imom xatibi va qavmi hamda keng jamoatchilik taklifiga binoan qayta qurilgan jome masjidiga marhum Yurtboshimiz, otam Islom Karimovning xotiralariga bag‘ishlab “Islom ota” nomi berildi.

Bugun ertalab bo‘lib o‘tgan masjidning rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Toshkent shahar Bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining vakillari, Toshkent shahar masjidlarining imom xatiblari, mahalla vakillari hamda turmush o‘rtog‘im bilan men ishtirok etdik.

Ushbu masjidni qayta tiklashdek savobli ishni bajarish baxtini men va turmush o‘rtog‘imga nasib aylagani uchun mehribon Parvardigorga behisob hamdu sanolar va shukronalar aytamiz.

Masjidni qayta tiklash ishlari boshlangan vaqtda biz qurilish padari buzrukvorimning vafotlaridan so‘ng bitishi va masjidga ularning nomlari berilishini xayolimizga ham keltirmagan edik.

Alloh taolodan rahmatli otamning diniy qadriyatlarni tiklash, Vatan ozodligi, yurt tinchligi va el farovonligi yo‘lidagi solih amallarini qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olishi hamda oxiratlarini obod etishini iltijo qilamiz.

Hozirda “Islom ota” jome masjidining umumiy maydoni qariyb ikki barobar oshgan bo‘lib, endi masjidda 1000dan ziyod kishi (har bir qavatda 500 dan ortiq kishi) namoz amallarini ado etishi mumkin. “Islom ota” masjidi bundan keyin ham Islom dinining ezgulik, tinchlik, mehr-muruvvat, rahmdillik, muhtojlarga yordam berish kabi qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi muhim ma’naviy-diniy maskan bo‘lib qolishini Haq taolodan so‘rab qolamiz”, deb yozadi Karimova-Tillyayeva.

 


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 12061 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola Karimova, Islom ota masjidi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное