Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola ota-onalarga farzand tarbiyasi haqida maslaxat bermoqda...


Xonanda Lola Instagram`dagi sahifasi orqali yosh bolalarga ota-onalar tomonidan tez-tez aytilishi kerak bo‘lgan iboralarni yozib qoldirdi.
“Farzandingiz og‘ir-bosiq, baxtli, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lib ulg‘ayishini, eng asosiysi sizga hayotidagi eng asosiy inson sifatida ishonishini istaysizmi?

Men psixolog emasman, biroq siz bilan farzandlarimiz o‘zlarini sevimli va himoyalangan his etishlari uchun ularga tez-tez aytib turishimiz lozim bo‘lgan iboralarni bo‘lishmoqchiman.

1. Men seni yaxshi ko‘raman!

2. Sen hayotimizda borligingdan baxtlimiz!

3. Sen dunyodagi eng chiroyli qiz(bola)san!

4. Sen juda iste’dodlisan

5. Istagan narsangni gapirish va qilish uchun jur’atli bo‘l!

6. Kechinmalaring haqida so‘zla berishdan cho‘chima! Ular taassurotlarini so‘zlab berishsa, farzandingiz sizga sirini ishongani uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang!

Mana shu so‘zlarni farzandingizga imkon qadar ko‘proq aytishga harakat qiling! Shundagina farzandingiz to‘laqonli shaxs bo‘lib voyaga yetadi!”,—deb ta’kidlaydi xonanda.

Ma’lumot uchun, Lolaning ikki nafar farzandi bor. Uning qizining ismi Shahina, o‘g‘li esa Shohdiyor. Xonanda farzandlarining suratlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylab, ularning qiziqishlari, fikr va o‘ylari haqida muxlislariga hikoya qilib keladi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4573 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное