Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola shaxsiy hayotini qurish istagida. U endi Rossiyada ijod qilmoqchi?


So‘nggi vaqtlarda ijod borasida biroz tanaffus qilayotgan xonanda Lola Yo‘ldosheva yoz mavsumini farzandlari bilan dam olishga bag‘ishladi. Hozir uning muxlislari uchun ham ijodidan ko‘ra, shaxsiy hayoti qiziq bo‘layotgani sir emas. Lolani Instagram orqali kuzatib borayotgan muxlislar xonanda ko‘p vaqtini Moskvada o‘tkazayotganligini payqashgan.

Lolaning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 1 milliondan oshdi. Shu vaqtgacha xonanda o‘z sahifasiga 2200 dan ortiq fotosuratlar va videoroliklar joylagan. Boshqa ijodkorlardan farqli o‘laroq, Lolaning sahifasida tijoriy reklama suratlari kam uchraydi. Aksincha, ijtimoiy ahamiyatdagi postlari doim diqqat markazida bo‘lgan.

“1 million. Do‘stlar qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Menga doim ishongan va kutgan muxlislarimga rahmat. Men buni juda qadrlayman. Siz mendan yangi qo‘shiqlar, filmlar va konsert haqida ko‘p so‘raysiz... Hozir men barchasiga ulgurish uchun yugurishim, sinmaslik uchun kuchli bo‘lishim shart bo‘lmagan davr keldi. Men hozir shunchaki yashashni istayman... Ertalab yomg‘irdan so‘ng sayr qilishni va qushlar ovozini tinglashni istayman... Farzandlarim bilan hech qaerda shoshmasdan orom olishni, o‘z yaqinlarimni xursand etish uchun soatlab oshxonada taom tayyorlab, kechki dasturxon atrofida yangi kitobni muhokama qilishni xohlayman... Kechasi esa o‘zimning sevimli ekanligimni his qilgan holda haqiqiy ma’noda baxtli ekanligimni bilib uxlashni istayman... Bu - bebaho damlar. Siz menga ana shu rohatni ravo ko‘rasizmi? Ijtimoiy tarmoqlardan uzoq vaqt uzilib qolmaslikka harakat qilaman”, deb yozgan Lola.

Lola sahifasining boshiga hamma san’atkorlar kabi hamkorlik uchun prodyuser, ma’murining raqamini qoldirgan. Yana bir e’tiborimizni jalb qilgan tomoni shuki, bu raqam O‘zbekiston raqami emas. Lola bilan hamkorlik uchun Ilya Novikov ismli inson bilan bog‘lanish lozim. Uning raqami Rossiyaniki. Tushunishimizcha, Lola ijodini Rossiyada davom ettirmoqchi.

Ijtimoiy tarmoqdagi suratlar orasida uning o‘z juftini topganligiga ishora qilingan postlar mavjud. Hozircha sirli bo‘lib qolishni maqsad qilgan insonning borligi haqida Lola inkor etmaydi. Ammo u haqda ochiq gapirishni ham xohlamaydi. Ammo shu bugungacha ikki marta u bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylashtirdi.

Durdona Rasulova



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4504 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: endi, qurish istagida, shaxsiy hayot, Lola, ijod qilmoqchi, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Asadbek2002 Rossiyadagi ijodiga ham omad tilab qolaman!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное