Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola: Shunday kun keladiki, sen hech qachon avvalgidek bo‘la olmaysan

Xonanda Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshevning vafoti haqidagi postidan keyin salkam 40 kun deganda Instagram’da ko‘rinish berdi. U insonni tubdan o‘zgartirib yuboradigan hodisalar haqida mulohaza yuritdi.

“Hammasi joyida. Biz kuchli, bardoshli, chidamli ekanligimizga, o‘zimiz haqimizdagi hamma narsani bilishimizga juda ishonishimiz mumkin, biroq shunday kun keladiki, u sening hayotingni avval va keyinga ajratib yuboradi. Bundan keyin sen hech qachon avvalgidek bo‘lmaysan…
Siz bilan hozir murakkab davrda yashab o‘tyapmiz. Umid qilamanki, xotirjam va sabrlisiz. Xonadongizga tinchlik tilayman”, — deb yozadi Lola.
Eslatib o‘tamiz, Lolaning otasi, “Tarona rekords” kompaniyasi rahbari Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etdi. Ravshan Yo‘ldoshev nafaqat taniqli  prodyuser, balki sohada uzoq muddat faoliyat olib borgan ichki ishlar organi xodimi ham bo‘lgan.
 


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5843 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное