Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola “sog‘indim” klipidagi xatoliklarni topgan muxlisi bilan uchrashadi

Xonanda Lola o‘zining ashaddiy muxlisi bilan uchrashishi va unga shaxsan o‘zi sovg‘a berishini ma’lum qildi. Buning uchun nima qilish kerak? Hammasi oddiy. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan muxlislar “Sog‘indim” klipini diqqat bilan tomosha qilishlari kerak. 
“Jahonning taniqli rejissyorlari 2-3 soatlik filmlarda xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Bizning rejissyorlar esa hatto 3 daqiqalik klipda ham xato qilishga muvaffaq bo‘lishadi. Siz mening yangi ‘Sog‘indim’ klipimda xatoliklarni sezdingizmi? Agar topgan bo‘lsangiz xatolik klipning qaysi soniyasida ekanligini #lola #sogindim xeshtegi bilan ko‘rsating va men bilan uchrashib, sovg‘a olish imkoniyatini qo‘lga kiriting! 48 soatdan so‘ng 5 nafar g‘olib tasodifiy sonlar generatori yordamida tanlab olinadi. Imkoniyat har bir to‘g‘ri javob bergan insonda bor! Omadingizni sinab ko‘ring!”,— deb yozadi Lola o‘zining Instagram`dagi sahifasida.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4939 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное