Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola tanqidchilariga javob berdi

Uzoq paytdan beri turli darajada tanqid ostiga olib kelinayotgan o‘zbekistonlik xonanda Lola Yo‘ldosheva nihoyat bu tanqidlarga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, unga nisbatan yog‘dirilgan ko‘plab tanqidlar, shuningdek, boshqa ayrim sabablarga ko‘ra Lola “O‘zbeknavo” tomonidan lisenziyadan mahrum qilingan edi.

Ayni paytda Lola xonandalik faoliyati bilan shug‘ullana olmayapti, lekin ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida joylashtiradigan suratlari muxlislarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Instagram tarmog‘ida adrasdan tikilgan beli ochiq libosda tushgan rasmini joylagan xonandadan ayrim muxlislar voz kechib yuborganlarini shu rasm ostida qoldirilgan izohlarda ta’kidlashdi. Shunda qo‘shiqchi ularga javob berishga qaror qildi.
“Mayli, meni boshqa odamga aylantirib sevishganidan ko‘ra kim ekanligim uchun nafratlanishsin”, - deb yozdi u.
Keyingi sharhlaridan birida u muxlislariga murojaat qildi:
“Azizlarim, chin dildan barchangizga ezgulik tilab qolaman. O‘z g‘ayratingizni salbiy narsalarga ishlatmaslikka harakat qiling, uni boshqa yo‘nalishga burib yuboring, sizga tushunarsiz yoki sizga o‘xshamaydigan odamni tanqid qilmaslikka urinib ko‘ring... Yorug‘lik va muhabbat sizdan taralib turing va bundan yuz barobar muhabbat oling”.
Kun.uz  izohi: Lola Yo‘ldosheva ayni shunday ochiq-sochiq kiyingani va nojoiz xatti-harakatlari sababli lisenziyasidan mahrum bo‘lgan edi. Aftidan, uning uchun lisensiya - faqatgina katta sahnalar, radio va televidenie orqali chiqish qilishda zarur oddiygina hujjat. Yangi qo‘shiq va kliplarini esa internet, kafe-restorlarda prem’era qilsa ham bo‘laveradi, eng muhimi, uning uchun asosiy daromad manbai hisoblangan to‘y va tantanalarda qatnashayapti, katta to‘yxonalarning eshiklari yopilgani yo‘q. Ishqilib, boshqa ayol xonandalar ham shu yo‘lga o‘tib olishmasa bo‘lgani, aks holda o‘zbek san’atkorlarining ma’naviy qiyofasiga maymunlar yig‘lashi aniq.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7605 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное