Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola va Piligrim - "avtotest" targ‘ibotchilari!

Xalqaro miqyosda tatbiq etilayotgan ushbu multimediya mahsulotining ishlab chiqaruvchilari uning yaratilish tarixi, innovasion g‘oya va axborot iqtisodiyoti kelajagi haqida so‘z yuritdilar. Estradamiz vakillari  DJ Piligrim va Lola ushbu uchrashuvga  maxsus mehmon sifatida taklif etildilar. Ular tadbirda transport vositasini xavfsiz boshqarish va yo‘llarda ro‘y beradigan baxtsiz xodisalar sonini qisqartirishni targ‘ib etuvchi "ezgu niyat elchisi" sifatida ishtirok etdi.
Roppa-rosa ikki yil ilgari,  2012 yil 12 dekabrda loyihaning birinchi versiyasi ish boshlagan edi. Ayni paytda O‘zbekistondagi barcha avtomaktablar ushbu dasturdan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. Xalqaro foydalanuvchilar 2014 yilning 12 dekabridan boshlab “AvtoTest 2.0”dasturidan turli tillarda foydalanish ikoniyatiga ega bo‘ldi. “AvtoTest 2.0”elektron o‘quv qo‘llanmasining mazkur yangi versiyasi 276 soatlik o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘zida 2000 dan ortiq 3D formatdagi video-treninglarni qamrab olgan.
Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotining 2013 yildagi statistik ma’lumotlariga ko‘ra, har yili avtohalokatlarda 1 milliondan ortiq odam halok bo‘ladi, 50 milliondan ortig‘i turli tan jarohatlari oladi. Ularning qariyb yarmini piyodalar, velosiped va mototsikl haydovchilari tashkil etadi. 15 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan kishilarning o‘limiga sabab bo‘layotgan holatlar ichida yo‘l-transport hodisalari  birinchi o‘rinda turadi.
Shunga ko‘ra, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash masalasi katta ahamiyatga ega. Biroq, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi bugungi kun talablariga to‘liq javob beradi, deb aytish qiyin.“AvtoTest”elektron o‘quv qo‘llanmasi yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishni sifat jihatidan yaxshilash va yo‘llardagi baxtsiz xodisalar sonini qisqartirishda katta o‘rin tutadi.
Dasturning innovasion jihati shundaki, u orqali animatsiyalar yordamida oson interaktiv ta’lim olish mumkin. Bundan tashqari, yaqin kunlarda dasturdan uyda, safar vaqtida noutbuk yoki planshet yordamida foydalanish imkoniyati yaratiladi hamda uyali aloqa telefonlari uchun ham maxsus ilovani yaratish ko‘zda tutilgan.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6400 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola, piligrim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное