Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lola va Shahzoda hamkorlik boshlashdi


Ushbu sarlavhani o‘qib, hayron bo‘layotgandirsiz. “Yolg‘on yoki mish-mish” deyishga shoshilmang. Chunki bu haqiqat!

Shou-biznesning eng mashhur vakilalari, uzoq yillardan buyon “araz”da bo‘lishgan edi. Bugun esa birgalikda ijodiy hamkorlikni boshlashgan. Gap-so‘zlarga qaraganda taklifni Lola Yo‘ldoshevning o‘zi bildirdi.

Hamkorlik qanday deyotgan bo‘lsangiz, bunga ham javobimiz bor. 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan — “Qo‘lingda imkon” nomli duet bolalar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ladi.

Darvoqe, bu hamkorlikda O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev va xonanda Shahriyor ham bor.

G‘oya muallifi — Lola Yo‘ldoshevaning o‘zi. Musiqa Shuhrat Zokirovga tegishli. Klimeyker Sanjar Matkarimov, operator Rustam Murodov.

Klipning tasvirga olish jarayoni Toshkent shahri, Samarqand viloyatida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, “Bunyodkor” stadionida, eski shahar ko‘chalari va yurtimizning tog‘li hududlarida bo‘lib o‘tdi.

Yana bir ma’lumot, ushbu klipda Lola Yo‘ldoshevaning o‘g‘li Muhammaddiyor ham ishtirok etadi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8502 | Рейтинг: 0| Рейтинг: boshlashdi, Shahzoda, Lola, hamkorlik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное