Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Lolaning Instagram`dagi posti muxlislarini g‘azablantirdi

Xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘zining Instagram`dagi sahifasiga 4 sentabr kuni bundan buyon tug‘ilgan kunini qanday nishonlashi haqida aytib, surat joyladi. 
“Mana mening tasavvurimdagi ideal tug‘ilgan kunim. Taomilga ko‘ra, bu kunda telefon qo‘ng‘iroqlar, smslardan ‘portlaydi’.  Kun davomida mehmonlar qadami uzilmaydi, gula va sovg‘alar yuborishadi, iliq so‘zlar va istaklarni aytish va bu kunni tantanovor tarzda o‘tkazish uchun ko‘rishishni istashadi. Men esa bu kunda yolg‘iz qolishni, tinchlik va osudalikni istayman. 
Tug‘ilgan kunimda o‘zimga nisbatan haddan ziyod e’tibor meni biroz charchatardi. Bu yil esa men bu kunni qanday o‘tkazishni istashimni tushundim. Mening kunim... Va men yangi an’ana joriy etishga qaror qildim. Endi har tug‘ilgan kunimni men hech qachon bormagan joyimda o‘tkazaman. Yangi mamlakatlar, katta va kichik shaharlar, qiziqarli joylar, shinam ko‘chalar, qishloqlar...Toki har yilning 4-sentyabri unutilmas bo‘lsin! Yonimda esa faqat eng yaqinlarim va yuragimga yaqin insonlar bo‘lishini istayman. Qarindoshlarim, sevimli insonlarim, mening oilam... Men uchun bundan qadrliroq hech narsa yo‘q”,—deydi Lola.
Xonandani ijtimoiy tarmoq orqali kuzatib boruvchilardan biri xonandaning mazkur postiga nisbatan e’tiroz bildirdi. 
“Avvalambor, tug‘ilgan kuningiz bilan, Lola! Balki mening izohim uchun bloklarsiz, men bunga tayyorman. Biroq, mening eng sevimli xonandalarimdan biri o‘zining Instagram`dagi lentasiga marhum Prezidentimiz xotirasiga bag‘ishlangan birorta ham post qo‘ymadi. Balki siz ich-ichingizdan qayg‘uda ekanligingizni va buni ommaga  bildirmasligingizni aytarsiz, ammo sizni ijtimoiy tarmoq orqali yuzlab odamlar kuzatib boradi va mas’uliyat ham shunga yarasha. Siz yaxshi xonandasiz, qo‘shiqlaringiz ajoyib, lekin men sizdan biroz xafaman”,—deb yozdi xonandani kuzatib boruvchi internet foydalanuvchilaridan biri. 
Xonanda Lola ham o‘z navbatida mazkur e’tirozni javobsiz qoldirmadi: 
“Men o‘z sahifamga Prezidentimiz xotirasiga post qo‘ydim va o‘z ta’ziyamni izhor etdim. Biroq uning tagida siyosiy bahslar ko‘payib ketdi. men bunday izohlarni o‘chirishdan charchadim, shuning uchun suratni o‘chirib qo‘ya qoldim. men siyosatdan juda uzoqdaman va mening sahifamda unga o‘rin yo‘q”.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7692 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Kamoshcha tug'ilgan kun borasidagi fikriz menga judayam yoqdi, men xam shunday nishonlashni yoqtiraman
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное